Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida elektr tarmoqlarida portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan tushuntirish berdi.
Ma’lum qilinishicha, aslida bu ko‘cha chiroqlaridan bittasida sodir bo‘lgan kuyish holati ekani aniqlandi. Unda kabelning 1,5 metr qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, kabel kuygan.
Bunda hech bir hudud elektrdan uzilib qolmagan. Nosozlik elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan bartaraf etilgan.
Izoh (0)