Rossiyada 1-yanvarga o‘tar kechasi politsiya reyd o‘tkazib, uch mingga yaqin muhojirni qo‘lga oldi. Bu haqda “Fokus.ua” xabar berdi.
Qo‘lga olinganlarning hujjatlari tekshirilib, qonunbuzarliklar bilan Rossiya hududida bo‘lgani aniqlangan. Reyd Sankt-Peterburgning markaziy rayonida sodir bo‘lgan. 3 mingga yaqin migrant politsiya bo‘limlariga olib ketilgan.
Hujjatlarni tekshirgandan so‘ng, 600 dan ortiq kishining hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan, jumladan ularda “migratsiya qonunchiligining turli xil buzilishi” qayd etilgan. Ushbu shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, ularning bir qismi tez orada deportatsiya qilinishi kutilmoqda. Jurnalistlar migrantlarning qo‘lga olinish jarayonini kameralarga muhrlagan. Suratlarda ichida bir guruh erkak va ayollar bo‘lgan ikkita avtobusni ko‘rish mumkin.
Politsiya kattalarni ham, bolalarni ham qo‘lga olgani, hodisa Sankt-Peterburgdagi Gostiniy Dvor yaqinida — ko‘chada va metro bekatida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Jurnalistlar migrantlar bo‘lgan sakkizta avtobusni sanagan. Bundan tashqari, Sota Telegram kanali Moskvada ham politsiya reydi bo‘lganini yozgan. Biroq qo‘lga olinganlar soni haqida hech narsa ma’lum emas.
Izoh (0)