Sankt-Peterburgdagi Laxta markazi yaqinida migrantlar ommaviy mushtlashdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
![](/static/2023/photo_2023-12-05_22-50-15.jpg)
Ommaviy mushtlashuvdan so‘ng 13 nafar muhojir politsiyaga olib ketilgan, mojaro maishiy muammolar tufayli avj olgan, deyiladi xabarda.
“4-dekabr kuni kechqurun Laxta markazi yaqinida ishchilar o‘rtasida mojaro sodir bo‘lgan, voqea joyiga politsiya chaqirilgan, taxminlarga ko‘ra, mushtlashuvga kimdir kimnidir turtib yuborgani sabab bo‘lgan”, — dedi manba.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar yo‘q.
“Vaziyatga oydinlik kiritish uchun 13 kishi politsiyaga olib ketildi, ularning barchasi migrantlar. Hozir konflikt ishtirokchilarini aniqlash va ular bilan suhbatlashish choralari ko‘rilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi manba.
Izoh (0)