• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Qo‘shningiz migrant bo‘lsa, ‘voyenkomat’ga qo‘ng‘iroq qiling”: Rossiyadagi migrantlar urushga qanday yollanmoqda?

    Moskva viloyatidagi uylardan birida “agar qo‘shningiz migrant bo‘lsa, ‘voyenkomat’ga qo‘ng‘iroq qiling” yozuvi tushirilgan plakat paydo bo‘ldi. Rossiya xavfsizlik kuchlari bir necha oydan beri urushga jo‘natish maqsadida chet elliklarni qo‘lga olmoqda. 

    Foto: The Insider

    The Insider muxbiri suhbatlashgan muhojirlarga ko‘ra, Wildberries ombori ishchilaridan biri talaba bo‘lishiga qaramay, reyddan so‘ng darhol urushga jo‘natilgan. Muhojirlarni urush zonasiga yuborish vaqtincha saqlash izolyatorlarida ham ishga tushgan: masalan, shartnoma imzolashga majburlash uchun ularga uzoq vaqt suv ichish yoki qarindoshlari bilan bog‘lanish taqiqlanadi. Ba’zilar o‘z vatanlarida buning uchun jinoiy javobgarlikka tortilishlariga qaramay, yollanma askar bo‘lishga rozi.

    “Chunki sen qorasan”

    Kuzning o‘rtalaridan boshlab Rossiyaning turli hududlarida politsiyachilar yaqindagina Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklarga qarshi muntazam ravishda reydlar o‘tkazmoqda. 11-dekabr kuni xavfsizlik kuchlari Yekaterinburgdagi Grinvich savdo markazida reyd o‘tkazdi. 8-dekabr kuni Vladivostok aeroportida migrant taksi haydovchilariga qarshi reyd bo‘ldi. Noyabr oyi oxirida politsiya Moskva viloyatidagi Wildberries omboriga keldi.

    Oktyabr oyida Kotelnikidagi masjidga ziyorat uchun kelganlar hibsga olindi va bir oy o‘tgach, xuddi shunday reyd Balashixa masjidida o‘tkazildi.

    Foto: “Grinvich”dagi reyd / The Insider

    Yigirma yoshli Suxrob millati tojik, lekin Moskvada tug‘ilgan va butun umr shu yerda yashagan. U Rossiya fuqaroligiga ega. Suxrobning so‘zlariga ko‘ra, uning do‘sti talaba bo‘lishiga qaramay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Wildberries omboridan armiyaga chaqirilgan.

    Reyddan so‘ng u g‘oyib bo‘lgan, keyin ma’lum bo‘lishicha, u boshqalar bilan birga avval militsiyaga, so‘ngra “voyenkomat”ga olib borilgan va tibbiy ko‘rikka yuborilgan. Hozir u armiyada. Biz uning qayerda xizmat qilishini bilmaymiz. Unga hatto narsalarini yig‘ishga ham, oilasi bilan xayrlashishga ham ruxsat berishmagan. Biz uning o‘qishi bilan nima bo’lishini ham bilmaymiz, ota-onasi Moskvada emas va ular ham qo‘rqishadi.

    U allaqachon Rossiya fuqarosi bo‘lib, rasmiy ravishda tahsil olayotgan edi. Ijtimoiy doiramizdagi har bir kishi bu vaziyatdan xavotirda. Ammo hozircha hech kim ketishni istamaydi. Men kunduzgi talabaman. Ammo meni xato bilan hibsga olishsa, hech kim buni tekshirmaydi, deb qo‘rqaman. Yoki ular buni tushunishganda sizni urushda allaqachon o‘ldirishgan bo‘ladi.

    Foto: Wildberries omboridagi reyd / The Insider

    Kotelniki yaqinidagi palatkada shaurma sotadigan Hasanchon (ismi o‘zgartirilgan) politsiya har kuni metrodan chet el fuqarolarini olib ketishini aytdi. Ushbu reydlardan biri The Insider muxbiri bilan suhbat paytida sodir bo‘lgan. 

    Politsiya barcha muhojirlarni metroda to‘xtatib, pasportini tekshiradi, harbiy xizmat haqida “muhrga ega bo‘lmagan”larni esa “voyenkomat”ga jo‘natishadi”, — deydi Hasanchon.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya har kuni metropolitenda patrullik qiladi. Politsiyachilarning ikki guruhi hujjatlarni tekshiradi, biri metro bekatida, ikkinchisi shaurma palatkasiga kirish joyidan taxminan 70 metr masofada, u yerda ”harbiy majburiyatlari bo‘lgan” odamlarni olib ketadigan mashina ham bor.

    “Ular hammani, shu jumladan slavyanlarni ham tekshiradi, lekin asosan men kabi odamlar. Pasportida muhri bo‘lmaganlar olib ketiladi. Ertalab ular juda erta kelishadi. Urushga yoki shunchaki harbiy ro‘yxatga olish idorasiga olib ketishadimi, bilmayman. Ular yozda ham o‘sha yerda edilar, lekin u payti faqat hujjatlarni ko‘rishardi. Endi mana yana boshlashdi, ehtimol Yangi yil oldidan”, — deydi u.

    Foto: Kotelniki metro bekati yaqinidagi reyd / The Insider

    Rossiya pasportiga ega bo‘lmagan qirg‘izistonlik taksi haydovchisi Kubanichbek ham huquq-tartibot idoralarining harakatlaridan norozi:

    Men “Yujniy” mikrorayoniga uchinchi marta kelishim va birinchi marta bu yerda yo‘l politsiyasi xodimlari meni to‘xtatib, hujjatlarimni ko‘rishdi. “Nima uchun to‘xtatdinglar?” desam, “Chunki siz qorasiz”, deb javob berdi. U shunday dedi. Men yuziga qarab: “Qo‘shnim rus, ularni hech kim bunaqa tekshirmaydi”, deb aytdim. Qirg‘izistonda ruslar juda ko‘p. Ayniqsa, safarbarlikdan keyin. Ular bizning mehmonlarimiz, hech kim ularga tegmaydi.

    Kubanichbekning fikricha, Rossiya pasporti endi migrantlar uchun bir necha yil avvalgidek orzu qilingan maqsad emasdek tuyuladi:

    “Endi hech kimga Rossiya fuqaroligi kerak emas. Oldin uni hamma xohlardi. Endi esa avvalroq rus pasportini olganlar o‘zlarining eski qirg‘iz pasporti bilan ketishdi! Rossiya fuqaroligi foydasiz, siz Yevropaga ham, Amerikaga ham bora olmaysiz. Rossiyada esa Qirg‘iziston pasporti bilan ham ishlash mumkin. Bir yo‘lovchi menga: “Nega urushga bormaysiz?” dedi. Unga “Nega borishim kerak? Men Qirg‘iziston fuqarosiman”, dedim. U esa: “Agar siz bu yerda ishlasangiz, birinchi navbatda urushga borishingiz kerak”, dedi.

    Ayni paytda Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning birinchi olti oyida Qirg‘iziston fuqarolarining Rossiyaga oqimi 45 foizga oshgan.

    Huquq himoyachisi Aleksandr Kimga ko‘ra, xorijlik bo‘lgan muhojirlar ham, migratsion tarixga ega Rossiya fuqarolari ham “voyenkomat” bo‘limlariga yuboriladi. Ikkinchi toifa — eng zaif, chunki Rossiya fuqarosi harbiy ro‘yxatga olish talab qilingani sababli bunday odamlarga bosim o‘tkazishi osondir. Kim shuningdek, 2022-yilda Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan migrantlar qiynoqlar orqali shartnoma imzolashga majbur bo‘lgan bir necha holatlar qayd etilganini aytdi:

    “Men bilgan oxirgi voqea Sankt-Peterburgda bo‘lgan. Migratsiya tarixiga ega rossiyaliklar bor edi, ularni shartnoma imzolashga majburlash uchun telefonlarini olib qo‘yishdi, uzoq vaqt suv ichishga ruxsat berishmadi. Bunday vaziyatdan bir kishi chiqqan, ammo bunga uning kuchli qarindoshlari borligi sabab bo‘lgan. Kreml propagandasi ta’sirida o‘zlari urushga boradigan muhojirlar bor, lekin ko‘pchilik frontga yuborilishi xavfi bor deb o‘ylamaydi. Agar biror kishi bunga tayyorgarlik ko‘rmasa, u qo‘lga tushib, imzo qo‘yishga majburlanadigan vaziyatga tushib qolishi mumkin”, — deydi Kim.
    29.12.2023, 22:05   Izoh (0)   23573
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya armiyasiga chaqirishsa, migrantlar qanday yo‘l tutishi kerak?

    27.10.2022, 15:03

    Rossiyada migrantlarni urushga jo‘natish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda 

    11.05.2023, 17:45

    Rossiya urushga markaziy osiyolik migrantlarni jalb qilmoqda. Mahbuslar “ixtiyoriy-majburiy asosda” “Vagner”ga qo‘shilgan — surishtiruv 

    14.06.2023, 17:08

    Rossiya noqonuniy migrantlarni urushga jalb qilmoqda — The Times 

    24.08.2023, 21:15

    Rossiya Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarni urushga jalb qilmoqda — Britaniya razvedkasi 

    03.09.2023, 23:56

    “Uyga arang 300 dollar yuboryapmiz”: Ukrainadagi urush Rossiyadagi o‘zbek migrantlari hayoti va ishiga qanday ta’sir qilmoqda?

    04.09.2023, 17:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.