• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Bred Pitt — 60 yoshda: Xitoy qo‘ygan 20 yillik “zapret” va aktyorning shaxsiy hayoti haqida 10 ta noyob fakt

    Ko‘pchilik Bred Pittni amerikalik aktyor, “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlari sovrindori, shuningdek, “Jangchilar klubi”, “Janob Smit va Smit xonim”, “Troya”, “Tanishing, Jo Blek” filmlarining yulduzi sifatida taniydi.

    18-dekabr kuni 2023-yilda Forbes jurnali yetakchilari o‘ntaligiga kirgan dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi aktyor 60 yoshga to‘ldi. 300 million dollar boylikka ega bo‘lgan Pitt bir soniya ham e’tibordan chetda qolmaydi, ayniqsa, muxlislariga uning shaxsiy hayotini kuzatish juda qiziq.

    Jennifer Eniston bilan muhabbati

    Pittning birinchi rafiqasi Jennifer Eniston “Do‘stlar” sitkomining yulduzi, “Emmi” va “Oltin globus” mukofotlari sovrindori edi. Aktyorlar 1998-yilda agentlari orqali tanishadi — ular “xo‘jayinlarini” ruhiy yolg‘izlikni yengish uchun bir-birlarini yaxshiroq bilishlari shart deb hisoblashadi. Shunday qilib, Jennifer va Bred o‘zlariga ma’lum bo‘lmagan holda agentlari uyushtirgan uchrashuvga boradi, lekin bundan zarracha afsuslanishmaydi: birinchi suhbatdayoq ular endi ajralishni istamasliklarini tushunadi.

    Bir yil davomida munosabatlarini ommadan yashirishadi. Nihoyat Sting konsertida Jen sahnada katta olmosli uzukda ko‘rinish beradi va shu orqali o‘zining sevgilisi bilan bo‘lajak to‘yiga ishora qiladi. Juftlik buni hammaga ovoza qilishga qaror qiladi — ular 50 mingdan ortiq guldastaga buyurtma berib, 200 dan ortiq mehmon taklif qiladi — Eniston uchun dizayner Lourens Stil tomonidan yaratilgan 50 ming dollarlik libosni hisobga olmaganda bularning barchasi bir million dollarga tushadi.

    “Janob Smit va Smit xonim” filmining suratga olinishi bo‘lmaganida mazkur nikoh besh yildan ko‘proq ham davom etishi mumkin edi. Tushunganingizdek, Anjelina Joli Bredning yangi his-tuyg‘ularini uyg‘ota oldi — Bred suratga olish maydonchasidagi birinchi uchrashuvdayoq Jolini sevib qoladi.

    Bu yerda Anjelina aktyorning qalbini qanday zabt etgani unchalik muhim emas, asosiysi Eniston Pittning xiyonati haqida ularning plyajda birga dam olish fotosuratlarini nashr etgan ommaviy axborot vositalari orqali bilib qoladi. Erining xiyonati tufayli yaxshigina zarba olgan Jennifer u bilan ajrashadi va matbuotga sobiq eridan nafratlanmasligini aytadi:

    “Men Bred tufayli turmush borasida tajribaga ega bo‘lganimdan xursandman. Uni sevganman va doim sevaman. U ajoyib inson. Biz bilan sodir bo‘lgan voqeadan zarracha afsuslanmayman. Biz yetti yil davomida birga bo‘ldik. Bir-birimizga juda ko‘p yordam berdik va men buni qadrlayman. Bu go‘zal va murakkab munosabatlar edi”, — deydi Eniston W Magazine nashriga.

    Albatta, bu aktrisa uchun juda katta stress edi va ajrashganidan 10 yil o‘tgach, yulduz Bredni qaytarishga harakat qiladi: u ataylab ikkinchi marta — Jastin Teruga turmushga chiqadi, shunda sobiq eri rashk qiladi deb o‘ylagandi (o‘shanda Pitt Joli bilan turmush qurgandi). Hozir ham Eniston Pittga bo‘lgan sevgisini faqat do‘stona tarzda tan oladi. Aytgancha, aktyorning o‘zi ham birinchi xotiniga nisbatan iliq his-tuyg‘ularga ega.

    Anjelina Joli

    2005-yilda Bred va Anjelina o‘rtasidagi munosabatlar chuqurlashgan bo‘lsa-da, lekin juftlik oila qurishga shoshilmaydi. Ular 2005-yilda Zaxara ismli qizchani asrab oladi (Bred bilan munosabatlaridan oldin aktrisa Maddoks ismli o‘g‘il bolani asrab olgandi). Birinchi biologik farzandi Shaylo tug‘ilganda ham, 2008-yilda egizaklari dunyoga kelganda ham aktyorlar nikohdan o‘tishni ortga suraverdi.

    Nihoyat uzoq kutilgan to‘y 2014-yil 23-avgustda Fransiyada ularning Chateau Miraval mulkida bo‘lib o‘tadi. Yuzlab mehmonlar taklif qilingan shov-shuvli to‘y bo‘lmaydi — aktyorlar faqat 22 nafar yaqin oila a’zolarini yig‘ib, ularni pitssa bilan mehmon qiladi.


    Ammo ikki yildan keyin Anjelina eridan hafsalasi pir bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u spirtli ichimliklarni iste’mol qila boshlaganidan so‘ng, ajrashish uchun ariza berishga qaror qiladi.

    So‘nggi tomchi Bredning noo‘rin xatti-harakati bo‘ladi, bu ularning farzandlariga xavf tug‘diradi: oila shaxsiy samolyotda uchayotganida aktyor katta o‘g‘lining tomog‘idan ushlab, kenja o‘g‘liga qarab otadi. Joli uchun bolalarning xavfsizligi birinchi o‘rinda edi, shuning sabab bir necha kundan keyin u sudga murojaat qiladi.

    Er-xotin 2019-yilda rasman ajrashganiga qaramay, ajrim jarayoni 7 yil davom etadi.

    Jolidan keyin Pitt modellar Emiliya Ratakovski, Nikol Poturalski va Ines de Ramon bilan qisqa muddatli munosabatda bo‘ladi. Shuningdek, uni Jennifer Eniston bilan qo‘l ushlashib yurganini ham ko‘rishgan. Muxlislar Jennifer Lopez va Ben Afflek kabi sobiq turmush o‘rtoqlarning yana birga bo‘lishini orzu qiladi.

    Aktyor haqida qiziqarli faktlar

    Shunchaki Bred emas

    Aslida Pitt tug‘ilganida Uilyam Bredli deb atalgan, ammo Gollivudga ko‘chib o‘tganidan so‘ng, aktyor ismini qisqartirishga qaror qiladi.

    20 yillik “zapret”

    “Tibetda yetti yil” sarguzasht filmi suratga olingandan so‘ng, Xitoy hukumati unga mamlakatga tashrif buyurishni taqiqlaydi. Gap shundaki, film ularga juda shafqatsiz bo‘lib tuyuladi, shu bois butun suratga olish guruhi va aktyorlarga 20 yil davomida Xitoyga kirish taqiqlanadi.

    Ko‘chmas mulk va motosikllarga ishtiyoq

    Pitt Gollivudning eng boy odamlaridan biri sifatida tan olingan. U pullarini umumiy qiymati taxminan yuz million dollar bo‘lgan hashamatli uy va villalar sotib olishga sarflaydi.

    Misol uchun, aktyorning Los-Anjelesda butunlay shisha va po‘latdan yasalgan uyi bor. U uni Maroon 5 gitarachisi Jeyms Valentindan sotib olgan. Xuddi shunday qiziqarli voqea pulga muhtoj qo‘shnisi bo‘lgan qariyaning uyi bilan bog‘liq.

    Pitt uning uyini sotib olishga rozi bo‘ladi, biroq bu odamga umrining oxirigacha uyda yashashga ruxsat beradi. Xullas, qariya 105 yil umr ko‘radi, har kunidan zavqlanib, yulduzni butun umr duo qiladi.

    Motosikllarga kelsak, Bred ularni kolleksiya qiladi. Uning arsenalida noyob Ducati Monster S4R Testastretta modeli bor, Pitt uni juda qadrlaydi, hatto minmaydi ham. Kolleksiyadagi eng qimmat Ecosse Titanium Series XX velosipedlaridan birining narxi 250 ming dollardan oshadi.

    Darhol aktyor bo‘lib qolmagan

    Bred mashhurlikdan oldin limuzin haydovchisi, mebel tashuvchi va El Pollo Loco restoranida mijoz chaqiruvchi bo‘lib ishlagan, buning uchun u tovuq kostyumini kiyib, yo‘l chetida raqsga tushgan.

    Tayler Derdenni ko‘rish taqiqlangan

    Hech kim Pittni cheklamagan, aksincha, u ota-onasiga “Jangchilar klubi” filmini ko‘rishni taqiqlagan, chunki u o‘z yaqinlariga zo‘ravonlik sahnalarini ko‘rsatishni xohlamagan.

    Eng kelishgan erkak

    2000-yilda kino yulduzi People jurnali tomonidan ikki marta sayyoradagi eng kelishgan erkak deb topilgan birinchi odam hisoblanadi.

    Qattiqqo‘l ota

    U farzandlariga o‘zi va Joli haqida ma’lumotlarni Google’dan qidirishni, shuningdek, Riannaning qo‘shiqlarini tinglashni taqiqlaydi.

    Jurnalist bo‘lishi mumkin edi

    Maktabni tugatgach, Bred Missuri universitetining jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kiradi, ammo o‘qishni tugatishdan bir necha oy oldin u hayotini aktyorlik bilan bog‘lash uchun universitetdan ketadi.

    Vertolyot boshqaradi

    Anjelina Joli vertolyot boshqarish litsenziyasiga ega va (sobiq) eri bilan uchishi uchun uni o‘zi bilan birga uchuvchi bo‘lishga ko‘ndirgan.

    Yuzlarni eslab qolishda qiynaladi

    Intervyularida aktyor qachonlardir uchrashgan va bir necha soat suhbatlashganlar undan xafa bo‘lishini, chunki ular aktyorni takabbur deb o‘ylashini tan oladi. Pittning ta’kidlashicha, aslida undan xafa bo‘lishning hojati yo‘q — u haqiqatan ham yuzlarni eslab qolishga qiynaladi.

    21.12.2023, 13:35   Izoh (0)   26132
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yillar o‘tib go‘zal qizlar-u kelishgan yigitlarga aylangan “Garri Potter”ning mitti qahramonlari (foto) 

    19.12.2023, 11:35

    Aqlbovar qilmaydigan rekordlar o‘rnatgan shou-biznes vakillari (foto)

    20.12.2023, 10:35

    Nordon mandarinlarni qanday qilib shirin qilish mumkin?

    20.12.2023, 09:40

    “Qo‘rg‘on sirlari”ni ortda qoldiradi: 2024-yil boshida chiqadigan yangi turk seriallari

    21.12.2023, 10:34

    Filmlarda xunuk va badbashara obrazlarni o‘ynashdan qo‘rqmaydigan sohibjamol aktrisalar (foto)

    19.12.2023, 10:35

    Kinotavsiya: “Uyda yolg‘iz” filmining o‘rnini bosadigan Yangi yil haqidagi 8 ta film (treyler)

    18.12.2023, 12:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.