Britaniyalik tadbirkor Jim Retkliff “Manchester Yunayted” aksioneriga aylandi.
Klub 25% aksiyalarini Retkliffga sotish bo‘yicha kelishuvga erishganligini ma’lum qildi. Bitim 1,25 milliard funtga baholangan.
Xabar qilinishicha, Premyer Liga bilan kelishuvga erishilguncha 6-7 haftagacha vaqt ketadi.
Retkliffga tegishli bo‘lgan Ineos kompaniyasi “Yunayted”ning futbol faoliyati uchun javobgar bo‘ladi. Ular klubga 300 million dollar sarmoya kiritish niyatida.
Jim Retkliff — Ineos kimyo kompaniyasining rahbari. Uning boyligi 29,6 milliard funt sterlingga baholanib, Buyuk Britaniyadagi eng boy odamlar ichida 2-o‘rinni egallab turibdi.
“Qizil iblislar” Angliya Premyer Ligasida 28 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)