O‘zbekiston sportida eng yaxshilarni taqdirlash uchun “Milliy sport mukofoti-2023” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eng asosiy nominatsiyalarda quyidagi sportchilar g‘olib bo‘ldi:
Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Asila Mirzayorova (para yengil atletika);
Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Xayitmurod Sherqo‘ziyev (para kanoe);
Yilning eng yaxshi murabbiyi: Gleb Groysman (velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi);
Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Taxmina Ikromova (badiiy gimnastika);
Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Abdumalik Halokov (boks).
Shuningdek, tadbirning navbatdagi blokida quyidagi g‘oliblar aniqlandi:
G‘alabaga bo‘lgan irodasi uchun: Sevinch Rahimova;
Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi: O‘zbekiston boks federatsiyasi;
Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi;
Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi;
Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun: Go‘zal Muminova.
Izoh (0)