Fransiya politsiyasi Mert va Mozel departamentining uchta kommunasida teraktlar tayyorlashda gumon qilingan besh nafar shaxsni qo‘lga oldi, deb yozadi L’Est Républicain gazetasi.
Milliy aksilterror prokuraturasi (PNAT) tomonidan Parijdan olib borilgan operatsiya davomida maxsus xizmatlar safarbar qilindi va juma kuni ertalab Nansi, Tul va Vandyovr-le-Nansi shaharlarida bir vaqtning o‘zida besh kishi hibsga olindi. Ayni damda ular ustidan tergov olib borilmoqda, — deyiladi nashrda.
Qayd etilishicha, operatsiya terrorizmga qarshi kurashga ixtisoslashgan turli politsiya bo‘linmalari xodimlari: Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha bo‘linma (SDAT), Ichki xavfsizlik Bosh boshqarmasi (DGSI) va uning Operativ yordam guruhi (GAO) tomonidan amalga oshirilgan.
Izoh (0)