Fransiya Yevropa Ittifoqi darajasida HAMAS harakatiga qarshi sanksiyalar joriy etish tashabbusini ilgari surmoqchi.
Bu haqda Fransiya TIV rasmiy vakili Ann-Kler Lejandr brifingda ma’lum qildi.
“Biz HAMASga qarshi maxsus Yevropa sanksiya rejimini taklif qilish tashabbusini ham ko‘taramiz”, — dedi Lejandr.
Uning taʼkidlashicha, Fransiya tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna 11-dekabr dushanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida bu masalani ko‘taradi.
Lejandr Fransiya milliy darajada HAMAS yetakchisiga qarshi choralar ko‘rganini, uning aktivlarini muzlatib qo‘yganini ham eslatib o‘tdi.
Izoh (0)