2023-yilning 28-sentyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida Inter Logistics kompaniyasining Quruvchilar massivida joylashgan bojxona omborida kuchli yong‘in va portlash sodir bo‘ldi.
Yong‘inning zarba to‘lqini natijasida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 8 nafar mijozining xonadonlari shikastlandi.
“O‘zbekinvest” xodimlarining voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishi va yetkazilgan zarar hisoblab chiqilishi natijasida mijozlarga shikastlangan mulkni to‘liq tiklash xarajatlarini qoplaydigan pul miqdorini o‘z vaqtida to‘lash imkonini berdi.
“28-sentyabr kuni kuchli yong‘in natijasida uyimizning oynasi sinib, shift qismi shikastlandi. Yaxshiyamki, uyimizni “O‘zbekinvest” kompaniyasida oldindan sug‘urta qilgan edik. Mulkka yetkazilgan zarar to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganimizdan so‘ng, kompaniya bizga tezkorlik bilan 23 million so‘mdan ortiq sug‘urta tovonini to‘lab berdi. To‘lovlarni juda tez amalga oshirgani va mijozlarga bo‘lgan g‘amxo‘rligi uchun kompaniyadan minnatdormiz” – deydi fuqaro Dilso‘z Asqarova.
Joriy yilning 9 oyida “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan jismoniy shaxslar bilan 65,1 milliard so‘m miqdoridagi 713,4 ming dona shartnoma tuzildi.
“O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida sug‘urta hodisalari bilan bog‘liq 3100 dan ortiq ariza ko‘rib chiqilib, ular bo‘yicha 63,3 milliard so‘mdan ortiq sug‘urta tovonlari to‘langan.
“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorida 30 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Katta tajriba va mijozlarga xizmat ko'rsatishdagi maksimal samaradorlikka intilish kompaniyaga ushbu segmentda yetakchi o'rinni egallab kelishga ko‘mak beradi.
Sug'urta polisini kompaniyaning veb-saytida va 24 soatlik aloqa markaziga qo'ng'iroq qilish orqali rasmiylashtirish mumkin: (+998) 71−207−60−00, 1160.
Izoh (0)