Yevropaning yerosti omborlaridagi gaz zaxiralari 88 foizdan pastga tushdi.
Dekabr oyida mintaqaga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz (LNG) o‘tgan oyga nisbatan biroz ko‘proq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Yevropa birjasida gaz narxi 1 ming kub metr uchun 380 dollardan pastga tushdi. “Gazprom” Yevropaga Ukraina orqali tranzit bilan kuniga 42,4 million kub metr gaz yetkazib beradi.
“Gazprom” Rossiya gazini Ukrainaning “Sudja” gaz o‘lchash stansiyasi orqali tranzit bilan tasdiqlangan hajmda yetkazib beradi. 21-dekabr holatiga bu ko‘rsatkich 42,4 million kubometrni tashkil qildi. “Soxranovka” GOS orqali gaz yetkazib berish so‘rovi rad etildi, dedi jurnalistlarga "Gazprom" vakili.
Izoh (0)