Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari koronavirusning yangi JN.1 shtammi tez tarqalayotganini ma’lum qildi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
JSST maʼlumotlariga ko‘ra, noyabr oyi boshida JN.1 shtammi jami koronavirus infeksiyalarining taxminan uch foizini tashkil qilgan. Bir oy o‘tgach, bu shtamm butun dunyo bo‘ylab infeksiyalarning 27,1 foizini tashkil qilmoqda.
Ushbu variant tez tarqalishi tufayli mutaxassislarda qiziqish uyg‘otmoqda. JN.1 shtammining paydo bo‘lishi, ayniqsa, qishi sovuq bo‘lgan mamlakatlarda kasallanishning oshishiga olib kelishi mumkin. JN.1 birinchi marta avgust oyida aniqlangan. U omikron avlodi bo‘lgan BA.2.86 variantidan kelib chiqqan. BA.2.86 keng tarqalmagan, lekin mutaxassislarni xavotirga solgan. Chunki uning boshoq oqsilida o‘nlab mutatsiyalar mavjud edi.
Izoh (0)