Oliy Rada ikkinchi o‘qishda Ukrainada tibbiy kannabisni qonuniylashtirish uchun ovoz berdi. 7457-sonli qonun loyihasi 248 ovoz bilan qabul qilindi. Bu haqda “RBK Ukraina” xabar berdi.
Ukrainada tibbiy kannabisni qonuniylashtirish zarurligi haqidagi ommaviy munozaralar 2016-yildan beri davom etmoqda. Mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy 2019-yilgi saylovoldi tashviqotida bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini aytgandi.
Olimlar, shifokorlar, psixologlar va bemorlar uyushmalari tibbiy kannabisni qonuniylashtirishni yoqlab chiqdi. Urush boshlanganidan beri faollar ham kannabisdan foydalanish travmadan keyingi stress buzilishi (PTSD) bilan og‘rigan odamlarga yordam berishi mumkinligini aytishni boshladi.
Endilikda qonun loyihasi qabul qilinganidan keyin hukumatga olti oy muddat beriladi, bu muddat davomida ushbu qonunning ishlashi uchun barcha qonunosti hujjatlari va farmoyishlar ishlab chiqiladi. Tibbiy kannabis faqat elektron retsept bilan chiqariladi va erkin sotilmaydi. Qonun loyihasi rekreatson kannabisni (oddiy so‘zlar bilan aytganda, “zavq” uchun ishlatiladigan kannabis) taqiqlaydi. Shu bilan birga, kannabisdan tibbiy maqsadlarda foydalanish keng tarqalgan jahon amaliyotdir.
Izoh (0)