• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Inson qadr-qimmati va manfaatlari uchun boshlagan islohotlarimizni yangi konstitutsiyaviy makonda yanada qatʼiy davom ettiramiz” — Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini mamlakat konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bilan tabrikladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    Qadrli vatandoshlar!

    Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. Asosiy qonunimizning jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyatini yuksak qadrlaymiz.

    Albatta, bu yilgi bayram ijtimoiy-siyosiy hayotimizda, mamlakatimiz rivojida alohida ma’no-mazmunga ega. Bu, avvalo, shu yil 30-aprelda milliy tariximizda birinchi marta umumxalq referendumi asosida Konstitutsiyamiz yangi tahrirda qabul qilingani bilan bog‘liq, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

    Hech shubhasiz, tom ma’noda xalqchil qomus bo‘lgan asosiy qonunimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarimiz ortga qaytmasligining mustahkam huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

    Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda O‘zbekistonning besh ustuni, ya’ni suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yildi, uning mazmuni tubdan takomillashtirilib, yangi bob va moddalar bilan boyitildi.

    Biz o‘z oldimizga qo‘ygan ezgu maqsadlarga yetishda asosiy qonunimizda muhrlangan barcha qoida va tamoyillarni amalga oshirmoqdamiz. Jamiyatimizda Konstitutsiya va qonun ustunligini ta’minlash, davlat organlari faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitga mos holda yo‘lga qo‘yishning ahamiyatini chuqur anglagan holda, bu borada tizimli ishlarni boshladik. Xususan, asosiy qonunimizdan kelib chiqib, amaldagi qonunlarimizni yangi konstitutsiyaviy normalar bilan uyg‘unlashtirish yuzasidan jadal ishlar olib borilmoqda.

    Bu haqda so‘z yuritganda, qisqa muddatda 30 dan ziyod qonun va qonunosti hujjatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilganini ta’kidlash lozim.

    Konstitutsiya va qonun ustunligi tamoyili — bu barqaror taraqqiyotning asosiy mezoni. So‘nggi yillarda barcha islohotlarimizni ayni shu tamoyil asosida amalga oshirdik.

    Yurtimizda yalpi ichki mahsulot hajmi oxirgi 6 yilda 1,5 martadan ortiq, tadbirkorlar soni 2 barobar va sanoatdagi o‘sish 40 foizdan ziyod oshgani buni yaqqol tasdiqlaydi.

    Shuningdek, joriy yilda ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘lar 134 trillion so‘mni tashkil etib, 2016-yilga nisbatan 5,6 barobar ko‘paydi.

    Keng ko‘lamli va tizimli islohotlarimiz natijalari xalqaro maydonda ham keng e’tirof etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Korrupsiyaga murosasiz munosabat bo‘yicha xalqaro indeksda 32 pog‘onaga, Matbuot erkinligi indeksida 28 pog‘onaga, Huquq ustuvorligi indeksida 13 pog‘onaga ko‘tarildi.

    Aziz do‘stlar!

    Biz inson qadr-qimmati va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha boshlagan islohotlarimizni yangi konstitutsiyaviy makonda yanada qat’iy davom ettiramiz. Xalqimizning xohish-irodasiga binoan asosiy qonunimizda o‘z aksini topgan tamoyillarni to‘liq ro‘yobga chiqarishimiz va hayotimizning ajralmas qismiga aylantirishimiz lozim.

    Shu munosabat bilan oldimizda turgan eng muhim ustuvor vazifalarni qayd etmoqchiman.

    Birinchidan, Konstitutsiyamizda xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir, deyilgan. Ana shu qoidadan kelib chiqib, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan islohotlarimiz izchil davom ettiriladi.

    Ikkinchidan, Konstitutsiyani jamiyat hayotining barcha jabhalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita qo‘llash amaliyotiga o‘tishimiz zarur. Shundagina xalqimiz asosiy qonunimizning hayotbaxsh kuchi va ta’sirini teran his etadi.

    Bu borada barcha davlat idoralari, jumladan, sudlar faoliyatida konstitutsiyaviy normalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashni joriy etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

    Uchinchidan, sud-huquq islohotlari yangi konstitutsiyaviy makonga uyg‘unlashtiriladi. Bu jarayonda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirish ustuvor vazifa bo‘lib hisoblanadi.

    To‘rtinchidan, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda mutanosiblikni ta’minlash bo‘yicha konstitutsiyaviy prinsipni ro‘yobga chiqarish maqsadida qonun hujjatlaridagi 150 dan ortiq ana shunday choralar to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. Jumladan, ayrim qilmishlarni jinoyatlar toifasidan chiqarish va jazo turlarini o‘zgartirish, fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy javobgarlikni bekor qilish borasida huquqiy islohotlar amalga oshiriladi.

    Beshinchidan, Konstitutsiyamizda qat’iy belgilab qo‘yilganidek, insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsiz bo‘lib, uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid keladigan har qanday harakatlarga qarshi kurashish, hech shubhasiz, eng dolzarb vazifalarimizdan biridir.

    Ushbu yo‘nalishda asosiy e’tiborimiz bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni joriy etishga, shuningdek, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili, bolalar ombudsmani va boshqa inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini takomillashtirishga qaratiladi.

    Oltinchidan, barcha islohotlarimizda inson va uning manfaatlari markaziy o‘rinda turishi va xalqimiz farovonligi hamda qulay hayot kechirishini ta’minlash davlat organlari uchun bosh maqsad bo‘lishi lozim. So‘nggi yillarda shu maqsadda 300 ga yaqin davlat xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi va aholiga 50 milliondan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi.

    Shu bois fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda mavjud byurokratik to‘siqlarni keskin qisqartirish hamda ushbu jarayonlardagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishimiz kerak.

    Yettinchidan, biz “Yangi O‘zbekiston – ma’rifiy jamiyat” konsepsiyasi asosida konstitutsiyaviy ta’lim masalasiga ham alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Parlament tomonidan Konstitutsiyani o‘qib-o‘rganish bo‘yicha Milliy faoliyat dasturi qabul qilindi. Asosiy qonunimizni o‘rganishni bolalar bog‘chasidan boshlash, barcha darajadagi ta’lim muassasalari, aholining turli qatlamlari, ayniqsa, davlat xizmatchilari ushbu jarayonga to‘liq jalb etilishi lozim. Shuning uchun davlat xizmatiga ishga kirishda Konstitutsiya asoslari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazish tizimini amalda tatbiq etishimiz zarur.

    Sakkizinchidan, Konstitutsiya va qonun ustunligini ta’minlashda davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bu masalada fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor beramiz. Xususan, so‘nggi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlarning soni qariyb 40 foizga oshdi va ularni qo‘llab-quvvatlashga 700 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

    Shu bilan birga, fuqarolik jamiyatining muhim sharti bo‘lgan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz lozim hamda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha aniq amaliy choralarni ko‘rishda davom etamiz.

    Aziz va muhtaram vatandoshlar!

    Dunyoning turli mintaqalarida ziddiyat va qarama-qarshiliklar, qurolli to‘qnashuvlar tobora avj olib bormoqda. Oldimizda yangi-yangi muammolar paydo bo‘lmoqda. Hozirgi o‘ta murakkab va tahlikali vaziyatda barchamiz yanada birlashishimiz kerak. Tanlagan yo‘limizdan qat’iy olg‘a borishimiz zarurligini asrlar davomida ko‘plab og‘ir sinov va mashaqqatlardan munosib o‘tgan mard va donishmand xalqimiz, albatta, yaxshi tushunadi.

    Aminmanki, O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasi biz uchun bu yo‘lda ulkan ishonch, kuch-g‘ayrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

    Biz asosiy qonunimizga tayangan holda, mana shunday noyob Konstitutsiyamizning asosiy ijodkori bo‘lgan ko‘pmillatli, bag‘rikeng va olijanob xalqimiz bilan birga ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz!

    Yangi O‘zbekistonni barchamiz birgalikda barpo etamiz!

    Siz, aziz vatandoshlarimni Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor chin dildan qutlab, hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

    Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!

    Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidenti

    07.12.2023, 19:55   Izoh (0)   9123
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan quruvchilarga tabrik yo‘lladi 

    13.08.2023, 14:55

    Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylarini tabrikladi

    25.10.2023, 08:42

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi 

    11.11.2023, 19:55

    Suriyada jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgan andijonlik erkak qidirilmoqda

    07.12.2023, 19:47

    Eng uzoq masofali test-drayv muvaffaqiyatli o‘tdimi?

    07.12.2023, 19:30

    Farg‘onada ajrashayotgan oila MIB aralashuvi sabab yarashib oldi

    07.12.2023, 19:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01

    Tramp: “Zelenskiyga maslahat — kelishuv tuzish”

    Dunyo | 16 avgust, 10:59

    Toshkentda spirtli ichimliklar do‘koni oldida janjal yuzaga keldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 10:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.