Ob-havo sharoitlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023-yil dekabr oyi sovuq bo‘lmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
O‘rtacha oylik harorat me’yordan yuqori, ba’zi hududlarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, havo harorati kechasi 1-6 daraja sovuqqacha, shimolda 8-13 daraja sovuqqacha pasayishi kuzatiladi. Dekabr oyi uchun bu normal holat.
Eng issiq kunlarda havo harorati 15-18 darajagacha, janubda 20-22 darajagacha ko‘tariladi.
Dekabr oyi qish uchun xos bo‘lmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Dekabr oyining birinchi haftasida O‘zbekiston bo‘ylab havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi, havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, dekabr oyining bunday quruq va iliq boshlanishi O‘zbekistonda juda kam uchraydi.
Keyinchalik, dekabr oyining oxirigacha “O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, havo harorati kechasi 5-8 daraja iliqdan 3-6 daraja sovuqqacha, kunduzi 15-18 daraja iliqdan 2-5 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Oy davomida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.
Izoh (0)