Panorama Airways aviakompaniyasining Toshkent—Madina yo‘nalishi bo‘yicha parvozi texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023/Risolat/1w.jpg)
Ma’lum qilinishicha, Panorama Airways mahalliy aviakompaniyasining Toshkent—Madina yo‘nalishi bo‘yicha 5P361 reysi poytaxt aeroportida havo kemasida rejadan tashqari texnik ishlar olib borilgani sababli 4 soatdan ortiq kechiktirildi.
Aviakompaniya yo‘lovchilarni ichimlik va issiq ovqat bilan ta’minladi, shuningdek, yo‘lovchilarni mehmonxonaga joylashtirish taklif qilingan. Parvoz jadvaliga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar aviatashuvchi tomonidan taqdim etiladi.
Izoh (0)