Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan uchrashuv o’tkazdi.
Unda so‘z erkinligi masalasida yuzaga kelayotgan va ba’zan avjiga chiqayotgan ziddiyatlar hamda bu sohadagi imkoniyatlar muhokama qilingan.
“Bugun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Tereza Ribeyro bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Dunyoda so‘z erkinligi masalasida yuzaga kelayotgan va ba’zan avjiga chiqayotgan ziddiyatlar hamda bu sohadagi imkoniyatlarni muhokama qildik.
Biz hozir ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bosqichidamiz. Axborot kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda. So‘nggi yillarda OAV sohasida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlarni saqlab qolish va jurnalistlarni himoya qilish biz uchun juda muhim.
Aynan ushbu mavzu doirasida biz istiqboldagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildik”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Izoh (0)