Chexiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligida Chexiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Lyubomir Frebort tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan.
“Hamkorligimiz yangi surʼatlarda rivojlanib borayotgani, yuqori darajadagi muntazam almashinuvlar amalga oshirilayotgani, tovar ayirboshlash hajmi va investitsiyaviy loyihalar soni o‘sayotganini qayd etdik. O‘zaro hamkorligimizda ko‘p yutuqlarga erishdik, yana yangi marralar kutmoqda. Janob elchiga aloqalarimizni yanada boyitish yo‘lidagi barcha maqsadlariga erishishini tilab qolamiz”, — deya yozib qoldirgan Baxtiyor Saidov.
Izoh (0)