Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida fuqaro fermer xo‘jaligi yer maydoni atrofidan 21 tup qayrag‘ochni kesib tashladi.
Holat viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Kitob tumani inspektorlari hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri davomida ma’lum bo‘lgan.
Reyd davomida fuqaro fermer xo‘jaligi yer maydoni atrofidan 21 tup qayrag‘och daraxtlarini hech qanday ruxsatnomalarsiz kesib tashlagani aniqlangan. Buning oqibatida tabiatga180 million 840 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tuman prokuraturasiga taqdim etilgan va ishlar hozirda davom etmoqda.
Izoh (0)