Daryo

O‘zbekistonning Polshadagi yangi elchisi tayinlandi

4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Bahrom Babayev O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi

1 daqiqa o‘qish19 302 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sputnik

O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchixonasiga yangi rahbar tayinlandi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

Foto: Sputnik

Xabarda aytilishicha, 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Bahrom Babayev O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

Bahrom Babayev ilgari elchixona maslahatchisi lavozimida ishlagan. Undan avval TIVning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar