Toshkentning ikki tumani: Sergeli va Yashnobodda 14-noyabr kuni elektr energiyasi taʼminoti vaqtincha to‘xatatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 14-noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Sergeli tumani: “Xonobodtepa” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Yashnobod tumani: “Arg‘in” MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirilgan. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘radi.
Izoh (0)