Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Bungacha u mamlakatning BMTdagi doimiy vakili edi.
Baxtiyor Ibragimov 57 yoshda. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozir – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan.
U 1992-yildan beri TIV tizimida ishlab kelmoqda. Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning AQSH va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
Avvalroq O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi va o‘rindoshlik asosida Vengriyadagi elchisi bo‘lgan Abat Fayzullayev mamlakatning Italiyadagi elchisi etib tayinlandi.
Izoh (0)