• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Olmaliqda ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatadigan “xaus master” mutaxassislari tayyorlanadi

    O‘zbekistonda birinchi marta 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi ustalarni o‘qituvchi ikki yillik dastur ochilmoqda. Unga bir guruh o‘rganuvchilar tanlab olingan.

    “Zamonaviy ish beruvchilar talablari va xorijlik ekspertlar tavsiyalari asosida tuzilgan o‘quv dasturi ikki yil ichida 4-malaka darajasiga ega xaus master, ya’ni ko‘p qavatli uylarda bir nechta muhim ustachilik ishlarini qila oluvchi mutaxassis tayyorlaymiz. Dasturga 100 foiz davlat grant ajratgan. Bitiruvchilar nafaqat Olmaliq va uning atrofidagi hududlar, balki Toshkent, hatto chet tilni egallagan bo‘lsa xorijda ham ushbu o‘ta muhim kasb bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi”, – deydi Olmaliqdagi texnikum direktori Sohiba Mirzakarimova. 

    Bu haqda ushbu tashabbus hayotga tatbiq qilinishiga sababchi bo‘lgan Yevropa Ittifoqining Promhouse loyihasi yakunlariga bag‘ishlangan konferensiyada ma’lum qilindi. Xalqaro anjumanda Yevropa Ittifoqining Qozog‘iston va O‘zbekistondagi vakolatxonalari mas’ullari, Promhouse loyihasi hamkor davlatlarining ixtisoslashgan vazirlik va idoralari vakillari, soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etdi.

    2020-2023 yillarda amalga oshirilgan loyiha davomida professional ta’lim muassasalarida soha uchun kerakli kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yildi, balki Training of Trainers (ToT) ta’lim dasturi amalga oshirildi. U 256 akademik soatga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qituvchilar 9 ta mamlakat Germaniya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Moldova, Belarus, Ukraina, Latviya, Litva va Estoniyadan jalb qilindi. Dasturda loyihaning hamkor mamlakatlari uy-joy xo‘jaligining 1300 ga yaqin mutaxassislari ishtirok etdi. Trening “uy-joylarni boshqarish”, “raqamlashtirish”, “turar joy binolarida energiya samaradorligi”, “uy ustasi”, “kasbiy tayyorgarlikni tashkil etish”, “kommunikatsiya” modullar bo‘yicha o‘tkazildi. 

    Loyihaning ko‘plab ishtirokchilari mintaqaviy tajriba almashishni (3 ta konferensiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonga 2 ta ta’lim safari, Germaniya va Estoniyaga 2 ta ta’lim safari) ijobiy e’tirof etdi. Loyiha uy-joy sohasida tajriba almashish Markaziy Osiyo uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatgani alohida ta’kidlandi.

    “Tomdan chakki o‘tishi, suv va kanalizatsiya quvurlaridagi nosozliklar, lift ishlamay qolishi. Ko‘p qavatli turar-joy binolarida kuzatiladigan shu kabi holatlar uylarni boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan bartaraf qilinishi kerak. Sobiq sovet mamlakatlarida bunday shirkatlarni aholi vakillaridan iborat jamoa yuritadi”, – deydi Sharqiy Yevropada Uy-Joy Tashabbusining (IWO) (Germaniya) Markaziy Osiyo bo‘yicha loyiha direktori Larisa Shrekkenbax. Yevropa Ittifoqining kuni kecha yakunlangan uch yillik Promhouse loyihasiga konsultantlik qilgan germaniyalik ekspertga ko‘ra, muammolar va ziddiyatlar kam bo‘lishi, aholi qulay va tashvishsiz uyda yashashi uchun kommunal xo‘jaligi xodimlari professional bo‘lishi, o‘z vazifasini bajarish uchun maxsus bilim va kompetensiyalarga ega bo‘lishi zarur.

    “Bu kabi Yevropa loyihalari ko‘proq bo‘lishi kerak. Promhouse nafaqat Germaniyadan, balki 90-yillarda uy-joy fondida O‘zbekistondagiga o‘xshash holatda bo‘lgan Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan tajriba va nou-xaularni o‘zlashtirish imkoniyatini beradi”, – deydi O‘zbekistondagi ko‘p qavatli uylarga oid eng yirik assosiatsiya bo‘lmish Uyushma.uz rahbari Rahima Ortiqova. – “Bu sohada amalga oshiriladigan ishlar hali ko‘p. Mavjud ehtiyoj va O‘zbekistondagi mutasaddilarning xayrixohligi, xorijlik hamkorlarning qo‘llovi bilan har bir inson uchun eng muhim mavzu – uylarimiz ahvoli yaxshiligiga xizmat qiladigan mutaxassislarni tayyorlashda davom etamiz”.

    Loyiha yakunlariga bag‘ishlangan konferensiyada mutaxassislar ko‘p qavatli uylarni boshqarish sohasidagi kadrlar masalasi yo‘laklardagi eng faol qo‘shnilarga mas’uliyatni yuklab qo‘yish orqali emas, texnikum va universitetlarda ularni tizimli tayyorlash, salohiyatni oshiruvchi o‘quv dasturlari orqali hal qilinishi kerakligini alohida ta’kidladi.

    09.11.2023, 21:30   Izoh (0)   5293
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shuhrat Vafoyev Strategik islohotlar agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etildi

    09.11.2023, 20:51

    “Svetoforni qulatgan paytlarimiz ham bo‘ldi”. Mexanizatorlikni egallagan farrosh ayollar hikoyasi (video)

    09.11.2023, 20:45

    Prezident yana kuz-qish mavsumida gaz ta’minotini yaxshilash masalalariga to‘xtaldi

    09.11.2023, 20:25

    Toshkentda bir oy davomida 36 marta tezlikni oshirgan haydovchiga jami 15,5 mln so‘m jarima belgilandi

    09.11.2023, 19:51

    Qishloq xo‘jaligi loyihalariga beriladigan kreditlar muddati 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha uzaytiriladi

    09.11.2023, 19:30

    Raqobat qo‘mitasi raisi egallab turgan lavozimidan ozod etilishi mumkin

    09.11.2023, 19:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.