Prezident raisligidagi yig‘ilishda xalqaro moliya tashkilotlaridan qishloq xo‘jaligiga jalb qilingan mablag‘lar to‘liq hajmda ishlatilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Buning asosiy sabablari — mablag‘lar 20-25 yilga jalb qilingan bo‘lsa-da, banklar tomonidan tadbirkorlarga 5-7 yilga ajratilayotgani, kredit ajratish uchun loyihalarni ko‘rib chiqish muddatlari olti oydan bir yilgacha cho‘zilayotgani, mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari cheklangani, natijada tadbirkorlarda qiziqish kam.
Bo‘sh mablag‘larni oziq-ovqat loyihalari, laboratoriya va texnikalarga yo‘naltirish zarurligi, ushbu resurslar banklar uchun ham, tadbirkorlar uchun ham jozibador shartlarda ajratilishi kerakligi ta’kidlandi. Qishloq xo‘jaligi loyihalariga beriladigan kreditlar muddati 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha uzaytiriladigan, kredit uchun taqdim qilingan loyihalarni ko‘rib chiqish muddati 2 oygacha qisqartiriladigan bo‘ldi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga xalqaro moliya tashkilotlari, budjet va banklar ajratayotgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishini ta’sirchan nazorat qiladigan ichki audit xizmatini tashkil qilish topshirildi.
Izoh (0)