• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Ba’zida nega aynan men tirik qoldim, deb o‘ylab qolaman. Nega men ham shu la’nati zombilarga o‘xshab kasallanmadim? Buncha azob bo‘lmasmidi…” — “Men afsonaman” filmi haqida

    • Davlat: AQSH
    • Janr: drama, triller, fantastika, jangari
    • Ishlab chiqarilgan yili: 2007
    • Rejissor: Frensis Lourens
    • Aktyorlar: Uill Smit, Alisi Braga, Salli-Richardson-Uitfild
    • Slogan: “Yer yuzidagi so‘nggi odam yolg‘iz emas!”
    • Mukofotlar: “MTV-2008” va “Saturn-2008” (Eng yaxshi erkak roli uchun)

    Butun boshli shahar aholisi qirilib, bitta o‘zingiz qolib ketsangiz yashab qolish uchun nima qilgan bo‘lardingiz? Umuman, yashab qolishga harakat qilarmidingiz o‘zi? Menimcha, katta ehtimol bilan menga o‘xshab qo‘rquv va oxiri yo‘q yolg‘izlikdan telbaga aylanib qolardingiz. Ammo Uill Smit ijro etgan qahramon bu ko‘yga tushmaslik uchun insonga ato etilgan irodaning bor quvvatini sarf etib, bu insoniyatga qirg‘in keltirgan baloni deyarli yengib o‘tadi. Nimaga deyarli dedim, chunki…

    “Men afsonaman” (“I am legend”) filmining kinoteatrdagi versiyasida ilgari surilgan g‘oyasi (Iye, aytgancha, rejissor bu kinoni ikkita versiyada suratga olganidan xabaringiz bormi? Kinoteatrdagi versiyadan uncha ko‘ngli to‘lmagan rejissor o‘zining versiyasini ham ishlagan va o‘sha versiya nisbatan mantiqiy yakun topgan) shu film yaralishiga zamin yaratgan roman xulosasiga nisbatan biroz boshqacha talqin qilingan. Bu asl romanni o‘qiganlarning noroziligiga sabab bo‘ldi, shu bilan birga kitobni hali o‘qimaganlar orasida savollar tug‘dirdi. Xo‘sh, bu dahshatli sivilizatsiyada kasallanganlar maxluq edimi, yoki immuniteti kuchli bo‘lgan Robert? Keling, yaxshisi har birini tahlil qilib, filmning oxiridagi ikkala versiyaga tushuntirish berib o‘tishga harakat qilib ko‘raman.

    Filmdan kadr

    Sujet rasshifrovkasi

    Allaqanday noma’lum kasallik global falokatni keltirib chiqaradi, ko‘p o‘tmay bu virus yerdagi odamlarning to‘qson foizini qirib yuboradi. Atigi bir foiz (12 million) aholigina omon qoladi, qolgan 500 million odam esa haqiqiy zombiga aylanadi. Uch yil o‘tgach, Nyu-York shahri butunlay odamlarsiz huvullab qoladi. Bu yerda faqat bitta odam jon saqlab qolgan xolos. Uning ismi Robert Nevill. Epidemiyadan oldin u harbiy virusolog edi. Endi u ko‘chalarda yurib, shaharda xuddi o‘rmondagidek erkin o‘tlayotgan kiyiklarni ovlaydi, uylarda qolgan oziq-ovqat zaxiralarini to‘playdi va virusga qarshi davoni tezroq topish maqsadida hayvonlar hamda kasallangan odamlarda tajribalar o‘tkazadi.

    Robert har kuni bir xil vaqtda radio orqali boshqa sog‘ qolgan odamlar bilan bog‘lanishga harakat qiladi, ammo hech kim javob bermaydi. Mantiqan u yagona odam emas, chunki atrofida ilgari odam bo‘lgan millionlab zombilar to‘dasi bor va ular har doim qonga tashna. Organizmi virus tomonidan butunlay barbod qilingan bu yirtqichlar faqat tunda ko‘chalarga chiqishadi, chunki ultrabinafsha nurlanish ular uchun halokatli.

    Odamlarsiz yovvoyi tabiatning bir qismiga aylanib ketgan binolar, maydonlar-u ko‘chalar sahnasi bilan bir vaqtda tomoshabinlarga falokat qanday sodir bo‘lganligi va qahramon oilasini qanday yo‘qotganligi haqida hikoya qiluvchi bir qator fleshbeklar namoyish etiladi: uning rafiqasi hamda kichkina qizi vertolyotda Nyu-Yorkdan chiqib ketmoqchi bo‘lganlarida portlab ketishadi.

    Filmdan kadr

    Sem

    Robertning yagona hamrohi — qizalog‘i o‘limidan oldin unga topshirgan Sem laqabli ovcharka. Semning (Samanta ismining qisqartirilgani) egasiga foydasi ko‘p tegadi. Hatto uning hayotini saqlab qoladi. Robert uchun yagona tirik hamda yaqin mavjudot — shu it. Ammo Robert uchun bu aloqa shakli kamlik qiladi, qora o‘tmish va tumanli kelajak haqidagi o‘ylarini chalg‘itish, avvalgidek normal hayot kechirayotganini o‘z-o‘ziga uqtirish uchun (aslida normal hayot allaqachon izidan chiqib bo‘lgan, u endi hech qachon qaytmaydi) do‘konlardagi manikenlar bilan “oshno” bo‘ladi. Har biriga ism qo‘yib ularga kundalik tashvishlari haqida so‘zlab beradi.

    Shunday kunlarning birida u virusga chalingan zombilardan birini qopqonga tushiradi. Alfa-ayolni laboratoriyasiga olib kelib, ishlab chiqqan vaksinasining prototipini unda sinab ko‘radi. Biroq doimgidek barcha harakatlar muvaffaqiyatsiz yakunlanadi.

    Robert aql-idrokdan mahrum maxluqotlar deb hisoblagan zombilar kutilmaganda uni o‘z texnologiyasidan foydalangan holda pistirmaga tushirishadi. Oyog‘idan osilib qolgan virusolog quyosh botishidan bir necha daqiqa oldin uyg‘onib, tuzoqdan bazo‘r chiqadi, ammo bir qonsiragan zombi tomonidan boshqariladigan mutant itlar Semni yaralaydi. U egasini himoya qilaman deb virusni yuqtiradi. Robert uni o‘zi ishlab chiqqan vaksina bilan qutqarishga umid bog‘laydi, biroq vaqt o‘tgan sari vafodor itning yunglari to‘kilib, ko‘zlari qizarib, vahmkor tus ola boshlagach, to‘liq maxluqqa aylanmasidan oldin Robert uni o‘z qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi.

    Bu mudhish judolikdan so‘ng Robert uchun hamma narsa ma’lum vaqtga o‘z qiymatini yo‘qotadi. Zombilardan o‘ch olish uchun tunda mashina bilan ularning bir qismini o‘ldiradi. Biroq bir o‘zi nechtasigayam bas kelardi?! Shum taqdirini odamxo‘rlar qo‘liga topshirar mahal, ulkan projektor bilan bir ayol uni qutqarib qoladi va uyiga olib boradi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol radio xabarni eshitgan, Robert har kuni tirik qolgan odamlarni kutayotgan joy sifatida ko‘rsatgan qirg‘oqqa kelgan.

    Filmdan kadr

    Anna — Xudo yuborgan ayol

    Anna ismli bu ayolning o‘g‘ilchasi ham bor edi. Robertning odamlarga ko‘nikishi uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi — axir, o‘zi kabi sog‘lom fikrlaydigan chinakam odamni ko‘rmaganiga necha yillar bo‘ldi. Ayol va bolasining tashqi ko‘rinishi, nimalarnidir shoshib-pishib tushuntirishga urinayotganlari, umuman har bir harakatlari unga noodatiy ko‘rinib, o‘zini yomon his qiladi. Anna Vermontdagi omon qolganlar koloniyasiga ketayotganini, buning uchun Robert unga yordam berishi kerakligini ta’kidlaydi. Robert esa bunday joy mavjudligiga ishonmaydi. Muloqotga biroz moslashib, erkak mehmonga o'zining sevimli musiqachisi Bob Marlining “Afsona” nomli albomini qo‘yib beradi, “Shrek”ni sevib tomosha qilayotgan bola bilan tanishishga urinib ko‘radi, ko‘p o‘tmay esa ayol bilan Xudo hamda sinov xususida bahslasha boshlaydi. Ayol ularning uchrashuvini ilohiy belgi deb biladi. Robert esa hammasiga tupurganini, hayot uning uchun allaqachon yakun topganini aytib qichqiradi.

    Quyosh botgach, Robert Anna uni qutqarish uchun ehtiyotsizlik qilib, beixtiyor zombilarga manzilini ko‘rsatib qo‘yganini tushunadi. Ko‘p o‘tmay odamkushlar ularni o‘rab olishadi. Qahramonlar hujum qilgan mutantlarning birinchi to‘lqinini qaytarishga muvaffaq bo‘lishadi, ammo ikkinchisi ularning rahbari bilan birga uyga bostirib kiradi. Robert Anna va uning o‘g‘lini olib, laboratoriyasiga berkinadi, u yerda to‘satdan vaksina ish berganini, alfa-ayol sog‘ayib borayotganini ko‘radi.

    Filmdan kadr

    Ikki xil yakun

    Filmning kinoteatr versiyasi finalida Robert Annaga vaksinani beradi, so‘ng ularni eshik tashqarisidagi joyga yashiradi, ayolga tong otguncha chiqmaslikni aytadi. O‘zi esa laboratoriyaga kirayotgan zombilar boshlig‘ini granata bilan kutib oladi. Robert kasallikka davo topganini, ularning hammasini tuzata olishini aytadi, ammo zombilar faqat uni o‘ldirishni istashadi, virusolog esa granatani portlatib, manqurtlar bilan birga o‘zini ham qurbon qiladi. Anna va uning bolasi Vermontdagi tirik qolganlar koloniyasiga yetib borishga muvaffaq bo‘lishadi. U ularga vaksinani beradi. Film so‘nggida Annaning kadr ortidagi gaplaridan shuni anglash mumkinki, yangi avlod odamlari uchun Robert hikoyasi afsonaga aylanadi.

    Rejissorlik versiyasida boshqacharoq. Film oxirida Robert zombilar boshlig‘i mustahkam, o‘q o‘tkazmaydigan shishani sindirish uchun qayta-qayta urilaverganidan keyin Robert bir narsani payqab qoladi. Oynada ulkan kapalak surati paydo bo‘ladi. Annaning bo‘ynida esa kapalak tatusi bor edi. Nihoyat Robert buni Xudoning amri, omon qolishning belgisi sifatida qabul qiladi.

    Virusolog eshikni ochib, yetakchiga alfa-ayolni topshiradi. Ma‘lum bo‘lishicha, ayol va rahbar bir-biriga juda yaqin. Rahbar hayvonlarcha bo‘kirib shotirlariga ketishni buyuradi. Shunday qilib Robert tirik qoladi va Anna bilan shaharni tark etishadi. Hozir biz turli xil saytlardan yuklab olib ko‘radigan “Men afsonaman” filmi shu ikki versiyaning gibridi hisoblanadi. Ya’ni undan ham ozgina, bundan ham ozgina olingan, ammo g‘oya ham shuning hisobiga chala bo‘lib qolgan.

    Uill Smit ishtirokidagi filmni asarga moslashish deb aytish qiyin. Shunga qaramay, uning ssenariysi Richard Metisonning shu nomdagi romani asosida yozilgan. Aytgancha, Uill Smit ishtirokidagi film voqealaridan keyin yaratilgan bir nechta qisqa metrajli animatsion spin-oflar mavjud.

    Filmdan kadr
     

    Xulosa

    “Men afsonaman” filmining ijodkorlari faqat qisman asl manbaga e’tibor qaratgan va berilishi kerak bo‘lgan haqiqiy g‘oyadan bir muncha uzoqlashib ketishgan. Bu yerda qahramonning yolg‘izligi qo‘yiq bo‘yoqlarda yaxshi ko‘rsatilgan. Zombilardagi xavf, ularning his-tuyg‘ulari, tabiatini o‘rganish esa, aksincha ikkinchi planga tushib qolgan. Biz Robert fojiasi, it sadoqati, inson irodasini ko‘ramiz, ammo boshqa post-apokaliptik filmlarda ham deyarli shunday ssenariy-da! Bu kinoning boshqalaridan ajralib turadigan xarakteri ham aynan zombilarni o‘zlari tarafidan ko‘rsatish, Robertni yangi evolutsiyaga aralashmasligi tuzukroq ekanligini sabablar bilan ko‘rsatish edi-ku! Albatta, kitobda shunday, ammo, afsuski kinoda bu aks etmagan.

    Kitobdagi “Men afsonaman” sarlavhasi o‘z ma’nosiga ega edi. Ya’ni yangi era boshlanyapti, Robert esa bu jarayonga aralashmay, insoniyat evolutsiyasini yakunlab beradi — chinakam ma’noda afsonaga aylanadi.

    Azizbek Yusupov

    03.11.2023, 22:00   Izoh (0)   37648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida

    07.06.2023, 20:33

    “Uyquda biz deyarli har narsa qilishga qodirmiz…” — “Muqaddima” filmi haqida

    27.06.2023, 22:33

    “Biz askarlarga boshqalarni o‘ldirishni o‘rgatamiz, lekin samolyotga ‘la’nati’ deb yozishsa, ularni axloqsiz deb ataymiz!” — “Bugungi Apokalipsis” filmi haqida 

    10.09.2023, 08:04

    Rollariga kirishib ketish tufayli salomatligiga zarar yetkazgan Gollivud yulduzlari (foto) 

    02.11.2023, 15:31

    Bitta filmi uchun eng ko‘p haq olgan top-10 aktyorlar reytingi tuzildi

    02.11.2023, 11:35

    Duradgor, ofitsiant, kimyogar: Bollivud yulduzlari mashhurlikka qadar qanday ishlar bilan shug‘ullangan?

    30.10.2023, 16:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.