• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida

    Fleshbek

    Ishdan (o‘qishdan) uyga (kvartiraga) sillangiz qurib qaytyapsiz. Kiyimlarni bazo‘r almashtirib, ko‘rpaga cho‘zilasiz. Yostiqni ikki buklab, yonboshlaysiz-da, yaxshilab esnab olgach, televizorni (smartfonni) yoqasiz. Ne ko‘z bilan ko‘ringki, roppa-rosa yarim yildan so‘ng sayyoramizga to‘xtatib bo‘lmaydigan kometa urilishi haqida xabar turibdi.

    Menga kuling ko‘kka sovrilgur kometaning to‘qnashuvi emas, sizning bunga munosabatingiz qiziq. Katta ehtimol bilan aksariyat odamlar bunga ishonishmaydi. Chindan ham yarim yildan keyin butun boshli sayyora yo‘q bo‘lib ketishi aniq bo‘lib turgan bir paytda o‘sha odamlar keyingi lentadagi bachkana, tuturiqsiz videoni hiringlab tomosha qiladi yoki eng mayda narsalar haqida suhbatlashadi, tortishadi, muhokama qilishadi.  

    Men bugun tahlil qilmoqchi bo‘lgan kino shu haqida. “Tepaga qaramang” filmi no‘xatdek kichrayib ketgan miyasida kitdek axborot axlatini ko‘tarib yurgan bir gala manqurtlarning kelajak haqidagi loqayd qarashlari insoniyatga qanchalik xavf tug‘dirishini qora yumor vositasida ochib bergan.

    Foto: “Fluter”

    Kino xususida ikki og‘iz

    Rejissor Adam MakKey tomonidan ishlangan va Netflix orqali moliyalashtirilgan ushbu film tom ma’noda o‘zini oqladi. Ko‘tarib chiqqan g‘oyasi yildan-yilga reallashib borayotganini hisobga olsak, kutilgan premyeralardan bo‘ldi desak ham adashmagan bo‘lamiz.

    Doimgidek Di Kaprioning jig‘ibiyron, talvasa ichidagi telbanamo baqiriqlari, asabiy xatti-harakatlari bir narsa qilib kino ichiga qo‘shib yuborilgan. (Albatta, reyting uchun) Filmni spoylerlar bilan birgalikda, o‘quvchi miyasini og‘ritmasdan, subyektiv fikrlarim orqali tahlil qilib ko‘raman. Agar filmdan boshqa mag‘zning ta’mini topgan bo‘lsangiz, bu fikrlarga umuman qo‘shilmaslik huquqingiz bor. (Jim turish huquqingiz bor, degandek eshitilib ketdi-ya?)

    Film, qisqa qilib aytganda, yerga yaqinlashib kelayotgan kometani aniqlagan aspirant qiz va professorining odamlarni bu falokatga ishontirishga urinishlari hamda buning uddasidan chiqa olmaganliklari to‘g‘risida.

    Spoyler + tahlil

    (“Don’t look up”) “Tepaga qaramang” – global falokat mavzusi olib chiqilgan yarim apokalipsis, yarim komediya janridagi film. Kino aynan kataklizmning o‘zi haqida emas, balki undan oldingi voqealar haqida hikoya qiladi. Shunday qilib, bo‘lajak olima Keyt Dibiaski Yer tomon harakatlanayotgan kometani aniqlaydi. Uning professori Rendall Mindi “kosmik mehmon”ning trayektoriyasini hisoblab chiqadi va yuz foizlik ehtimol bilan kometa sayyoramiz bilan to‘qnashadi degan xulosaga keladi. Bu to‘qnashuv olti oy ichida sodir bo‘ladi. Professor osmon jismining diametri 10 kilometrga yaqin ekanligini inobatga olib, Yerdagi hayot butunlay yo‘q bo‘lib ketishini isbotlaydi. 

    Mindi ushbu shumxabarni NASAga yetkazadi, mudofaa boshlig‘i Teddi Ogltorp mamlakat prezidentiga ma’lum qilish uchun Rendall va Keytni Oq uyga taklif qiladi. Biroq davlat rahbari va uning arzanda o‘g‘li bu xabarni ancha sovuqqonlik bilan qarshi oladi. Chunki prezident yaqinlashib kelayotgan saylov kompaniyasi bilan band. Hozir unga reytingini tushirib yuborishi mumkin bo‘lgan ortiqcha boshog‘riq kerak emas. (Mana buni idiokratiya deydi, bo‘talog‘im) Shu sahnalarda “tepadagilar” saviyasi nihoyatda achinarli ahvoldaligi yengil hazil bilan ko‘rsatib berilgan. Prezident administratsiyasi boshlig‘i prezidentning o‘g‘li ekanligi va u istaganini qila olishi chindan kulgili chiqqan. (FQBga g‘alati buyruq bergani, ayniqsa)

    Korchalonlardan bir ish chiqishiga ishonmagan astronomlar OAV orqali jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga qaror qiladi. Ularni mashhur tok-shouga taklif etishadi. Olimlarga TV dasturning so‘nggi daqiqalari ajratiladi, unga qadar qaysidir qo‘shiqchi chiqib, jazmani bilan ajrashgani-yu sal o‘tmay qanday yarashgani haqida so‘zlab beradi. Odamlar uchun kulgili narsalar, mashhurlar hayoti va turli bachkana shoular qiziq, lekin ularga olti oydan keyin qirilib ketishi haqida bong urishga tayyor olimlar chiqish qilishining bir tiyinlik ahamiyati yo‘q.

    Bu tushuncha boshlovchilarda ham kuzatiladi. Ular dahshatli vaziyatga hazil hamda kesatiq bilan yondashadi. Natijada, asabiylashgan Keyt qichqirib studiyadan chiqib ketadi. Professor esa odamlar shunchalik ongsiz bo‘lib ketdimi, biz teleskopdan hammasini aniqladik, yana qanaqa isbot kerak, deb yozg‘iradi. (Di Kaprioning qizarib ketgan yuzidagi g‘azab tomoshabin ichida ham isyonsifat nimadir uyg‘otadi)

    “Manfaat buqalamuni”

    Biroq, chiranishlar bekor ketadi. Insoniyatni qutqarmoqchi bo‘lgan olimlar qisqa vaqt ichida bemaza memlarning yangi qahramoniga aylanadi. Odamlar koinotdan keladigan noma’lum xavf to‘g‘risida bilishni ham xohlamaydi. Ammo vaziyat birdan o‘zgaradi. Prezidentning yoshlikdagi “intim” suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, prezident tushib borayotgan reytingini ko‘tarish maqsadida olimlarni qaytadan chaqirib, “dunyoni asrab qolish” operatsiyasiga start beradi. (Giveaway’imga start beraman, degandek yengil o‘qildi)

    Dastlab Yer chindan xavf ostida ekanligini vahima bilan aytib, keyin sayyorani shaxsan o‘zi boshchiligidagi “qutqaruvchilar” asrab qolishi mumkinligini aytadi va saylovda mutlaq g‘olib bo‘ladi. Endi prezident va’dasida turishi kerak. Dunyoni qutqarish uchun shunchaki tashqi ko‘rinishi va reputatsiyasi mos kelgan, lekin koinot tugul, kattaroq orol haqida ham tasavvurga ega bo‘lmagan odam tanlab olinadi. U bahaybat kosmik kemani boshqarib, kometani yarim yo‘lda “kutib olishi” kerak bo‘ladi.

    Foto: Netflix

    Absurdlik cho‘qqisi

    Demak, shishirilgan “qahramon” Yer sayyorasini qutqargani ketmoqda, uni jonli efirda butun dunyo kuzatyapti, u esa to‘satdan geylardan nafratlanishini, sayyorani qoralar emas, oqlar himoya qilayotganini gapirib ketadi. (Mantiq left koinot)

    Xullas, anavi tentak o‘tirgan kema yarim yo‘lda yo‘nalishini o‘zgartiradi. Sababi Piter Ishervell degan milliarder bu kometada sanoatni rivojlanishi uchun juda katta tabiiy boyliklar borligi va uni shunchaki maydalab tashlab, (portlatish yo‘li bilan) unga egalik qilishni prezidentga taklif qiladi. (Rad etib bo‘lmas darajada)

    Absurdlik cho‘qqisi shu yerda ko‘rsatiladi: insoniyat qirilay deb turganda, “katta” odamlar o‘z cho‘ntagini o‘ylashi, hukumatni qarorlariga ta’sir o‘tkaza olishi ochiqlangan.

    Yerni qutqarish operatsiyasi bekor qilingach, milliarder loyihasi propaganda qilina boshlanadi. Omma kometani foydali narsa sifatida qabul qila boshlaydi. Kometa yerga yaqinlashib, to‘qsonni urib qo‘ygan boboy ham uni ko‘ra oladigan darajaga yetganida hukumat tomonidan galdagi ahmoqgarchilik: “Tepaga qaramang” chaqirig‘i ostida yig‘inlar uyushtirilib, shu mazmundagi shiorlar keng targ‘ib qilinadi. Bu bilan kinochilar biz umid bog‘lagan elitaning o‘z maqsadida naqadar jirkanchlikka borishini, pullar hidiga ko‘milib yotish uchun aqlga sig‘mas utopiyani o‘ylab topishini ko‘rsatib bergan.

    Foto: “Sanctuary”

    Xulosa

    Yakunda yer yuzi yo‘q bo‘lib ketsa ham korchalonlarda doim “B” reja borligi va u aynan mansabdorlarning o‘ziga xizmat qilishi tushuntirilgan. Yer yuzi yo‘q bo‘lib ketgach, elita alohida kosmik kemadagi kriokapsulalarda jon saqlab oradan minglab yillar o‘tgach yerga qaytadi va o‘sha zahoti evolyutsiyaning o‘zgarishlariga dosh bera olmay qirilib ketadi. Professor va Keyt esa apokalipsisni yaqinlari bilan bir dasturxon davrasida qarshi olishadi. O‘zlarini go‘yo falokatdan bexabardek tutib, eng keraksiz narsalar xususida chaqchaqlashib o‘tirishadi.

    Film saviyasi yoshidan uch-to‘rt barobar baland bo‘lgan yoshlarga tavsiya qilinadi. Kinomanlarga esa tavsiya qilishning hojati yo‘q – sifatli kinolarni ko‘rish ajralmas odatlarning biriga aylanib bo‘lgan. (20 yildan beri kartoshka sotadigan odamga xotini kechga kartoshka qovurdim, anchadan beri yemagandingiz, degandek gap-da bu)

    Ijodkorlar xuddi shu kabi potensial xavf paydo bo‘lganida hozirgi jamiyat buni to‘g‘ri qabul qilmasligini idiokrat, degeneratlar misolida baholi qudrat tasvirlab berishgan.

    Foto: Netflix

    Kinodan iqtiboslar

    — Biz bu yerda dahshatli yangiliklarni ommaga yengil tarzda yetkazib berish uchun ishlaymiz.

    — Balki odamni hiqildog‘iga kelar darajadagi samimiyatingizni bas qilarsizlar, jin ursin!

    — Urinib ko‘rganimiz uchun ham xursandman...

    — Har safar hayoting haqida so‘raganimda, sen qayoqdagi restoranlar to‘g‘risida gapirasan.

    — O‘ylab qarasam bizda hamma narsa bo‘lgan ekan…

    Qiziqarli faktlar

    — MakKey “Tepaga qaramang” filmi uchun beshta “Oskar”i bor aktyorlarni yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan:

    1. Di Kaprio
    2. Lourens
    3. Mark Rylans
    4. Keyt Blanchett
    5. Va albatta, davrlarning eng ko‘p hurmatga sazovor bo‘lgan aktrisasi Meril Strip.

    — Suratga olish ishlarida haqiqiy astronom ham qatnashgan. 

    — Di Kaprio dastlab professor rolini rad etadi. Keyinchalik, ssenariyni o‘qib chiqqach rozi bo‘ladi.

    — Filmga Rotten Tomatoes’da kinotanqidchilar tomonidan 55% berilgan. Bu “juda yomon” degan belgi bo‘lishiga qaramasdan, tomoshabinlar kinoni ancha iliq qarshi olgan.

    Azizbek Yusupov

     

     

     

     

     

    07.06.2023, 20:33   Izoh (0)   13060
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vaqtida so‘ralmagan erk tashnaligi, beg‘uborlik qobig‘i va ko‘zgudagi haqiqat. “Qora oqqush” filmidagi ishoralar talqini

    19.05.2023, 10:30

    “Hayvonday yashagandan odamdek o‘lgan ma’qul...”. “La’natlanganlar oroli” filmi haqida

    20.05.2023, 22:37

    “Men o‘limdan qo‘rqmayman, men bir keksa fizikman. Men vaqtdan qo‘rqaman…” — “Interstellar” filmi haqida

    31.05.2023, 23:05

    Robert Daunini “Temir odam” roliga narkotiklar tufayli olishni istashmagan

    06.06.2023, 21:05

    Mashhur filmlarda tez-tez uchrasa-da, real hayotga to‘g‘ri kelmaydigan holatlar (foto)

    06.06.2023, 16:40

    “1+1” filmi bosh qahramonining hayotdagi prototipi, millioner Filipp Potsso di Borgo vafot etdi 

    06.06.2023, 10:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Har kuni bir piyola qahva ichish qariganda sog‘lom bo‘lish ehtimolini oshiradi — 30 yillik tadqiqot

    Salomatlik | 5 iyun, 09:32

    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

    Reklama | 5 iyun, 09:46

    Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 09:08

    Tramp 12 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqladi

    Dunyo | 5 iyun, 08:46

    Qo‘qonda kadastr inspektori 150 ming dollarni noqonuniy olayotganda qo‘lga tushdi (video)

    O‘zbekiston | 5 iyun, 08:34

    Millatlar Ligasi. Ronalduning goli Portugaliyani finalga olib chiqdi (video)

    Sport | 5 iyun, 07:16

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.