• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Biz askarlarga boshqalarni o‘ldirishni o‘rgatamiz, lekin samolyotga ‘la’nati’ deb yozishsa, ularni axloqsiz deb ataymiz!” — “Bugungi Apokalipsis” filmi haqida

    Taqrizni boshlashdan oldin kichik bir eslatma yoki ogohlantirish. Frensis Ford Koppola haqida eshitmagan bo‘lsangiz, hech yo‘q uning ajoyib ismi qulog‘ingizga chalinib ham o‘tmagan bo‘lsa, Don Korleone, apelsin, Maykl, oila deganimda ko‘z oldingizda qaysidir shedevr kino mufassal bo‘y ko‘rsatmasa, bu taqrizni o‘qimay qo‘yavering. Chunki buni faqat u rejissorning filmlaridan bahra olgan odamlargina o‘qib, nima demoqchi ekanligimni anglay oladi. Ayniqsa, uch soatlik total kayfni quloqchinda tomosha qilib, his etib ulgurgan kinomanlar meni juda yaxshi tushunadi.

    “Bugungi apokalipsis” filmidan kadr

    “Bugungi Apokalipsis”

    Yil: 1979

    Janr: Urush, drama

    Rejissor: Frensis Ford Koppola

    Davomiyligi: 2 soat 27 daqiqa

    IMDb reyting: 8.4 (691,773)

    Urush haqida, urushga doir filmlar haqida sira taqriz yozmaganman. Nimani ham yozish mumkin axir? Snaryadda parcha-parcha bo‘lib ketgan tana, nigohiga jamiki dahshat ingan yuzlar, birovga his qildirish, tushuntirish, tasvirlash imkonsiz bo‘lgan og‘riqlar, nima maqsadda bir-birini boshini yeyayotganini bilmayotgan millionlab “darbadarlar”, oh-u zorlar, chinqiriq-u bo‘kiriqlar, so‘ngso‘zini aytishga, bir juft gapga sig‘ib ketadigan bor hasratlari-yu umidlarini aytishga ulgurmay qolgan og‘izlar, allaqaysi botqoqlikning ismsiz balchiqlarida abadiy qolib ketish qarg‘ishiga duchor bo‘lgan boshchanoqlar… nimani ham yozish mumkin?! Urush — bu urush! Bundan ortiq sifat yo‘q, bundan ortiq tasvir ham. Bu na boshi va na oxiri ma’lum bo‘lgan falokatning nomiyoq odamni seskantiradi, unga qo‘shilgan ortiqcha purma’no so‘zlar hech narsani o‘zgartirmaydi. Shunday ekan, men Koppola bizga taqdim etgan (kino emas) chinakam urushdan bir parchani yuzaki tuzilishi, uning nimalarga qodirligini tushuntirib berolaman, xolos. Uni bor bo‘yi bilan his qilish uchun o‘sha jarayonni bosib o‘tish kerak, urushga borish emas, “Bugungi Apokalipsis”ni ko‘rishning o‘zi kifoya qiladi.

    “Bugungi apokalipsis” filmidan kadr

    Spoylerni o‘qishga eringanlar uchun mitti spoyler

    “Bugungi Apokalipsis” filmi Maykl Gerr ssenariysi asosida suratga olingan. Filmdagi voqealar 1969-yilgi AQSHning Vyetnamda olib borgan jangovar operatsiyalari bilan davom etadi.

    Film urush haqida ishlangan eng zo‘r kinolarning Top-3 taligidan joy olgan. Uning boshqa kinolardan ajralib turishiga asosiy sabablar: Vyetnamdagi urush haqida AQSH propagandasidan farqli o‘laroq, vaziyatni boricha ko‘rsatishga urinishi, urushning dahshatlarini tabiiy ko‘rsata olishi va chuqur ma’noli dialoglar hisoblanadi.

    Polkovnik Volter Kurtz urushning dahshatlari sabab aqldan ozadi va hech qanday buyruqlarsiz dushman qo‘shinlariga qarshi kurash olib borishda davom etadi. O‘zboshimchalik bilan bo‘lsa-da, o‘z jamoasi bilan janglarda doimiy g‘alaba qozonayotgan Kurtzni yo‘q qilish uchun kapitan Benjamin Vilyardaga uyushtirilgan yangi topshiriq tayinlanadi. Voqealar esa Kurtz va Vilyardning taqdirlari bilan davom etadi.

    Ko‘plab muxlislar tomonidan urush haqida ishlangan eng zo‘r kino hisoblangan “Bugungi Apokalipsis” — 2 ta “Oskar” va yana boshqa 18 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

    “Bugungi apokalipsis” filmidan kadr

    Sujet rasshifrovkasi va tahlilga o‘xshash bir narsa

    Vyetnam urushi vaqtida o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan, lekin hali armiya uchun ko‘p kerak bo‘ladigan kapitan Uillard urushdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, mehmonxonaning o‘ziga atalgan xonasida reallik va illyuziyani farqiga bora olmaydigan darajada kayfda o‘ychan yotardi. U keragidan ortiq uqubatlarga giriftor bo‘lgan, bir odam xo‘rlanishi kerak bo‘lgan barcha hodisalarni boshidan o‘tkazgan, barcha qora kechinmalarni kechib o‘tgan va nihoyatda charchagan edi. Kutilmaganda uni yana shtab chaqirishdi va navbatdagi vazifani (balki eng qiyinidir) topshirishdi. Bu vazifa oldingilaridan farqli o‘laroq dushman qo‘shinlariga qarshi qaratilmagan, aksincha urushda katta natijalarni qo‘lga kiritgan o‘z safdoshi polkovnik Kursni yo‘q qilish uchun o‘ylab chiqilgan maxsus harbiy operatsiya edi.

    Davom etishdan oldin rejissorning bir eslab ketsak. Frensis Ford Koppola “Cho‘qintirgan ota”, “Cho‘qintirgan ota 2” va “The Conversation” filmlaridan so‘ng Gollivud uchun “nomdor” rejissorga aylanishga ulgurgan edi. Endi studiyalarni talabi bo‘yicha emas, ularga talab qo‘ya oladigan darajadagi massaga ega ijodkor edi. U 1976-yilda ancha oldin qo‘liga tushib qolgan Jon Milius qalamiga mansub ushbu film ssenariysi bo‘yicha ish boshlashga qaror qilib Filippinga uchib boradi. Urush manzaralarini tasvirlash uchun Vyetnamga o‘xshash davlat va amerikaliklarga o‘qraymasdan qaraydigan xalq bu faqatgina filippinliklar edi. Rejissor ijodiy guruhga katta sayohatga borishlarini va kino tarixidagi eng buyuk filmlardan birini yaratishga bel bog‘laganini qayta-qayta takrorlashdan to‘xtamagan.

    “Bugungi apokalipsis” filmidan kadr

    Urush tasviri uchun ularga katta hajmdagi harbiy texnikalar kerak bo‘lardi va bu masalada Pentagondan yordam kutish besamar edi. Pentagon faqatgina amerikalik askarni ijobiy qilib ko‘rsatishsa, dushman tomonni dahshatli qilib tasvirlashsagina yordam bera olardi. Koppolaning filmida esa biror tomonni ijobiy, ikkinchi tomonni salbiy ko‘rsatish maqsad qilinmagandi. U urushni boricha tasvirlashga bel bog‘lagan, kimdandir sun’iy tarzda qahramon yasash haqida o‘ylamagan ham edi.

    Rejissor o‘zining “barcha davrlarning eng dahshatli” filmi uchun dongdor aktyorlarni taklif qilganiga qaramay ularni ko‘pi muddatli Filippin botqoqligiga safar qilishni istamaydi va rejissor nomi unchalik katta bo‘lmagan aktyorlarni chaqirishga majbur bo‘ladi. Faqatgina istisno sifatida Marlon Brando katta pul evaziga uch haftaga sayr qilib kelishga rozi bo‘ladi. Bosh rolga esa Martin Shin loyiq topiladi.

    Film muvaffaqiyatli chiqmagan taqdirda ham, boshqa rekordlarni yangilab qo‘ygandi. Film o‘z davrining ko‘p kanalli ovozga ega birinchi filmi bo‘lgan. Hozirgi davrda odat tusiga kirgan tovushlarning ko‘p sonli kanali o‘sha paytlarda hali yo‘q edi. Shu sababli ham “Oskar”ga loyiq ko‘rilgan bu yo‘nalishda. Bundan tashqari, Vittorio Storaro o‘zining ajoyib tasviri evaziga ham “Oskar”ning “Eng yaxshi operatorlik ishi” yo‘nalishida g‘olib chiqqan. Xullas, mavzuga qaytamiz.

    “Bugungi apokalipsis” filmidan kadr

    “Men urush haqida emas, urushning o‘zini suratga olganman…”

    Film Vyetnam atalmish urush iskanjasidagi poligonga tomoshabinni sayohat qildiradi. Urushda yillab kurashib, o‘sha yerning o‘zida aqldan ozgan polkovnik o‘z qo‘shini bilan Kamboja o‘rmonlarida o‘zining kichik saltanatini yaratadi. AQSHning butun boshli batalyoni endi AQSHning o‘ziga bo‘ysunmas, mahalliy aholi bilan chatishib, alohida bir saltanat yaratgan edi. Kapitan Uillard esa rahbariyatning o‘ta maxfiy topshirig‘i bilan aqldan ozgan polkovnikni o‘ldirish uchun frontning narigi tomoniga yo‘l oladi. Yo‘lda uni dahshatli sarguzashtlar kutardi.

    Mayda-mayda frontlarda jang qilayotgan askarlar har xil sharoitda edi, kimlardir shunchaki o‘limini kutib yotar, kimlardir uyiga ketish uchun barchasiga tayyor, kimlarnidir esa uyi endi yo‘q, ular mahalliy odamlarga aylanishgandi. Rejissor 4 soatga yaqin vaqt davomida bu mantiqsiz urushning dahshatini o‘ta mahorat bilan tomoshabinga tasvirlagan. Tomoshabin bu hikoyani ko‘rish davomida do‘zax tasvirini his etib turadi. Qiziq tomoni siz do‘zax qanaqaligini bilmaysiz, lekin shu filmni ko‘rish davomida buni his qilasiz. Xuddi umrida o‘lik hidini tuymagan odam noxush hidlar orasidan o‘likning hidini bemalol, instinktiv ravishda yaratib bergani kabi.

    Albatta urush haqida filmlar juda ko‘p va ularning aksariyati urushning yomon ekanligiga urg‘u beradi. Koppola esa aksariyat intervyularida ushbu filmni urush haqida emas, urushning o‘zi ekanligini ta’kidlab kelgan ekan. Rejissorning uch yillik ishlari o‘z natijasini bergan va bu film ko‘pchilikning nazdida urush haqidagi eng dahshatli film sifatida tarixda qoldi.

    “Bugungi apokalipsis” filmidan kadr

    Unga qadar “Cho‘qintirgan ota” bilan tajriba orttirib olgan Koppola qo‘lidan ko‘p narsa kelishini tushunib yetgan. “Cho‘qintirgan ota” esa butunlay boshqa mavzu, boshqa shedevr. Kitoblarning (bilmaganlar uchun: “Cho‘qintirgan ota” asar bo‘lgan va uning muallifi Mario Pyuzo edi) kinoga adaptatsiyasi originalidan-da shedevr bo‘la olishi mumkin ekanligini isbotlagan. Bu film sabab yana ko‘plab kitoblar muvaffaqiyatli kinolarga aylantirilgan. Filmning asosiy yo‘nalishi gangsterlarga bog‘lansa-da, kino o‘zi bilan italyanlarning immigratsiya odatlarini va qahramonlarning psixologik holatlarini universal tarzda tasvirlay olgan. Kino o‘zi bilan qoldirgan madaniy fenomen sabab 1970-yildan boshlab kriminalistika, mafiya va gangsterlar bilan bog‘liq kinolar ko‘payishni boshlagan. Tushunyapsizmi, Koppola butun boshli kino uchun yana bir yangi eshikni ochib bergan. Va aminmanki, bu eshik yopilmaydi ham, qayta ochilmaydi ham.

    “Bugungi apokalipsis” filmidan kadr

    Qiziqarli faktlar

    Filmni suratga tushirish Koppola uchun ancha qimmatga tushgan. Rejissor ushbu film uchun 3 yildan ortiq vaqtini sarflagan. 6 haftaga rejalashtirilgan suratga olish ishlari esa 16 oy davom etgan. O‘z hisobidan qo‘shimcha 7 mln dollar pul ishlatgan, bu davrda esa hatto o‘zi yashayotgan uyni bankka sotib, ma’lum muddatga kredit olishga majbur bo‘lgan. Koppolaga qiyin kelgan bu davr ichida u 45 kilogrammgacha ozgan. Filmga esa jami 31 mln sarflangan bo‘lib, 150 mln daromad olib kelgan.

    “Cho‘qintirgan ota” filmlarida apelsin ko‘rsatilgan sahnalar — o‘lim yaqinlashayotganiga ishora hisoblanadi. Agar kinoda apelsinni ko‘rsangiz, bir necha daqiqa ichida qahramonlardan biri halok bo‘ladi.

    Frensis Ford Koppola, avvalgi intervyularida xabar berganidek, 10 yillik tanaffusdan so‘ng yana film suratga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U juda katta masshtabli “Megapolis” nomli film bo‘lib, uni suratga olishni juda ko‘p yillar orzu qilgan. Film budjeti 100-120 mln dollar bo‘lib, unga rejissorning o‘zi homiylik qilishi uchun o‘zining shaxsiy uzumzorining bir qismini sotib yubordi. 84 yoshli afsonaviy rejissor hali beri nafaqaga chiqmasa kerak.

    “Bugungi apokalipsis” filmidan kadr

    Kinodan iqtiboslar

    Kurtz: “Men sen ko‘rmagan dahshatlarga guvoh bo‘ldim. Meni qotil deb atashga haqqing yo‘q. Meni o‘ldirishing mumkin, lekin qilgan ishlarimga hukm chiqarishga haqqing yo‘q. So‘zlar men ko‘rgan dahshatlarni ta’riflashga kuchsizlik qiladi. Dahshatning yuzi bor... sen esa u bilan do‘st bo‘lishing shart. Dahshat va axloqiy vahshiylik sening do‘stlaring bo‘lmasa, ular eng qo‘rqinchli dushmanga aylanadi.”

    Kapitan va askar:

    “K: Qanday qilib o‘z shlemingizda o‘tiribsizlar?

    A: Yerga o‘tirib, tana a’zolarimizni parchalanib ketishini istamasligimiz — bizni shunga majbur qilmoqda!”

    Azizbek Yusupov

    10.09.2023, 08:04   Izoh (0)   28247
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sen egalik qilayotgan narsalar vaqti kelib senga egalik qilishni boshlaydi…” — “Jang klubi” filmi haqida

    22.06.2023, 23:40

    “Atirdan bir tomchi qo‘liga to‘kdi. Ifor tarqadi. Olomon aqldan ozar darajada sarmast bo‘lib, unga sig‘ina boshladi — uni farishta deb o‘ylashdi”. “Parfyumer” film...

    18.07.2023, 23:44

    “Narigi dunyoga tirik holda o‘tish yo‘lini topsang ham, o‘z vijdoningdan qochib qutulolmaysan! O‘zingdan qanday qochasan?..” “Mashinist” filmi haqida

    05.08.2023, 23:30

    “Qirolicha”, “Spenser” va malika Diananing hayoti haqida hikoya qiluvchi boshqa mashhur filmlar (foto)

    09.09.2023, 14:40

    Qalblarni larzaga keltiruvchi, ta’sirli sujetga ega Bollivud filmlari (video)

    08.09.2023, 18:09

    Shohruh Xon Anjelina Jolining muxlisi, Leonardo Di Kaprio Karina Kapurning kumiri. Bollivud yulduzlarining sevimli aktyorlari

    07.09.2023, 15:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi

    Reklama | 29 may, 21:00

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57

    “Rossiya va Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bir-biriga turli talablar qo‘ymoqda” — Turkiya tashqi ishlar vaziri

    Dunyo | 29 may, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.