• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Uyquda biz deyarli har narsa qilishga qodirmiz…” — “Muqaddima” filmi haqida

    Fleshbek

    “Muqaddima” kinosini sovuq ijaraxonaning bir burchagida uchta xonadosh yuqalashib ketgan ko‘rpalarimizga o‘ranib olib ko‘rganimizni eslasam, Nolan iste’dodiga yana bir bor tasanno aytgim keladi. Axir u dunyoni o‘zgartirishga astoydil bel bog‘lagan uch mushketyorning Kobb so‘nggida tushdan chiqdimi yoki yo‘q degan mavzusi ko‘tarilgan bahsiga sababchi bo‘ldi. Uchta qadrdon og‘ayni yoqa yirtgudek bo‘lib, soatlab tortishganmiz.

    Bu “e’tiqod masalasi” kabi konkret isboti mavjud bo‘lmagan, ammo juda zavqli bahs edi. Nolan bizni fikrlashga o‘rgatdi. Vaqt qadrini anglashimiz uchun ortig‘i bilan original misollar ko‘rsatib berdi. Endi hozir o‘ylasam, kulminatsiya film oxirida emas, kino davomida bo‘lgan ekan. Mujmal xulosani har kim istaganicha sharhlashi mumkin, ammo, bu yerda farzandlarini ko‘rib, nihoyat necha yil deganda xotirjam tortgan Kobbning holati muhim edi...

    Kino haqida ikki og‘iz

    “Muqaddima” (Inception) filmiga Nolanning o‘zi ssenariy yozgan bo‘lib, undagi aksariyat asosiy elementlar “Paprika” (2006) animesidan ilhomlanib yaratilgan. Nolan bu kino suratga olinishi uchun o‘n yil kutdi.

    Kinoda Kobb (Leonardo Di Kaprio) o‘zining jamoasi bilan tushlar orqali intellektual mulkni o‘g‘irlash yoki o‘zgartirish bilan shug‘ullanadi. Kino oldinga surgan asosiy g‘oyalardan biri bu ong ostida bo‘layotgan fikrlash jarayoni o‘zgalar tomonidan o‘zgartirilishi, g‘oyaviy manipulyatsiya yuz berishi mumkin ekanligidir. Film davomida yuzaga keladigan vaziyatlar qahramonlarning rejalaridan butkul boshqacha ko‘rinish olishi kinoga nisbatan yanada kuchliroq qiziqish paydo bo‘lishini ta’minlaydi.

    Film o‘zi bilan tomoshabinlarga eng mashhur moral dilemmalardan bo‘lgan Robert Nozikning “tajriba mashinasi” nazariyasini o‘ta muvaffaqiyatli tarzda ochib bergan. Borliqni anglashdagi tush va real hayot o‘rtasida joylashgan chegarani ilmiy-to‘qima ko‘rinishida ajoyib ko‘rsatib bera olishi kinoga 4 ta Oskar va boshqa 152 ta katta sovrinlarni olib kelgan.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    Oxiridan boshlanadigan sujet spoyleri

    Tushlar bilan nihoyatda ko‘p tajriba o‘tkazgan er-xotin taxminan ellik yil vaqtini Limba deb nomlangan noreal dunyoda kechiradi. (Aslida, chinakam hayotda atigi besh soat o‘tgan bo‘ladi) Shundan so‘ng, Kobbning xotini, Mol o‘zlari barpo qilgan yolg‘on shaharlar-u, yolg‘on odamlarga shunchalik qattiq ko‘nikib qoladiki, real hayotga qaytishni istamaydi. Umuman, u tush bilan o‘ngni farqlolmay qoladi. Kobbning o‘tinishlariga qaramay, Mol bir kuni yuqori qavatdan o‘zini tashlab yuboradi. U o‘zini tushda deb o‘ylab, shunday qiladi. Kobbni ham ortidan sakrashga chorlaydi. Barchasining fahmiga yetib turgan Kobb xotinini qutqara olmaydi. Ilojsizlik ulkan vijdon azobiga aylanib, Molning sharpasi Kobbning istalgan tushida paydo bo‘laveradi va Kobbni har safar tang ahvolga solaveradi.

    Kobb xotinining o‘limida ayblanadi va u uyiga, bolalarning oldiga qaytolmaydi. FQB uni qattiq ta’qib qiladi. Xullas, har qanaqasiga imkoniyat eshiklari unga yopiladi. Shunda navbatdagi yangi mijoz Saito ushbu muammoni hal qilish taklifini bildiradi — Saito istasa, Dominikdan barcha ayblovlar bir kechaning o‘zidayoq olib tashlanib, u yana farzandlari bag‘riga qaytishi mumkin, faqat bu baxtning to‘lovi bor va u qimmat. Topshiriq quyidagicha: Kobb tush orqali Robert degan kimsaning ongiga kirib, unga otasi umr bo‘yi tiklagan korporatsiyasini o‘z xohishi bilan inqirozga olib borishini ilhomlantiruvchi g‘oyani singdirishi kerak. Tag‘in farzandlari bilan birga bo‘lish quvonchi Kobbni bir mustaqil odamning hali amalga oshirishga ulgurmagan g‘oyasini o‘zgartirish qiyinchiligini yengib o‘tishga yordam beradi. Imkonsiz vazifani bajarish uchun professionallar yig‘iladi. Boshqa qahramonlar ismiga keyinroq, alohida to‘xtalamiz, hozir sujet chizig‘idan chiqmaylik. Xullas, Kobb buni uddalaydi. Lekin uning pulga qiziqishi yo‘q, hayotdan faqat keskin lahzalarni izlab yuradigan, muammolar jon-u dili bo‘lgan ajoyib jamoasi uyquning turli darajalarida qolib, ekshnga boy daqiqalarni o‘tkazishadi. Missiya bajariladi, Saito va’dasiga binoan, Kobbga ozodlik tuhfa etadi. Lekin…

    Totemlar haqida

    O‘sha “lekin”dan oldin, kinodagi ishora tashuvchi totemlar xususida qisqacha bo‘lsa ham aytib o‘tsam. Har bitta tushga kiradigan odamning yonida real massasini faqat o‘zi biladigan nimadir bo‘lishi kerak. Bu chinakam hayot va tushning farqini ajratib olish uchun yagona sinov buyumi. U kichkina bir tosh, tayoqcha, istalgan mayda narsa bo‘lishi mumkin. Muhimi, undan foydalanish qulay bo‘lsin. Nega og‘irligini faqat foydalanuvchisi bilishi kerak? Chunki agar men sizning toshingizni ushlab, uning massasi va hajmini eslab qolsam, siz meni tushimda xuddi shu toshni topasiz va u boshqa sizga yordam berolmaydi. Siz haqiqiy hayotdaman deb ishonganingizda, aslida mening tushimda sarson-sargardon kezib yurgan bo‘lishingiz ham mumkin. Mana, kinodagi totemning mohiyati-yu asl vazifasi nimadan iborat.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    Xulosa o‘rnida qisqacha tahlil

    Bolalarining oldiga qaytib kelgan Kobb sahnasi muxlislarda eng ko‘p savol tug‘diradigan va javobi hech qachon yechilmaydigan qismi. Xo‘sh, Kobb chindan farzandlari oldiga qaytdimi yoki hali ham Saitoning tushida yuribdimi? Xoh internetga yuzlaning, xoh Nolanning o‘zidan borib so‘rang, oxir-oqibat, baribir buni tasdiqlaydigan hamda rad etadigan sharhlarning eng mujmallariga yo‘liqasiz. Balki, oxirida Kobb aylantirib ketgan bizbizak (bu so‘zni tushunmaganlar uchun: tayanch nuqtasi atrofida har qanday tezlik bilan aylana oladigan qattiq jism. Bu jismni kinoni ko‘rgandagina aniq tasavvur qilish mumkin) to‘xtashi yoki to‘xtamasligi biz jon kuydirganchalik muhim emasdir?

    Gap shundaki, Nolanning o‘zi ham kino yakunidagi sahnaga tomoshabinlarning ko‘pi boshqa, sodda rakursdan qaragan deydi. Uning aytishicha, asosiy g‘oya bizbizak aylanishi yo to‘xtab qolishida emas, gap Kobb necha yillar deganda, umrida birinchi marta o‘zini xotirjam his qilgani, bizbizak to‘xtashini kutmasdanoq, farzandlariga oldiga ketgani, (Avval to‘xtashini kutardi. U shundan aniq xulosa chiqarardi: agar bizbizak to‘xtamasa, demak u hali ham kimningdir tushida yuribdi) o‘zini shuncha bajarib bo‘lmas topshiriqlardan so‘ng, yengil va baxtli his qilganida. Kobb o‘ziga o‘zi savol bermay qo‘ydi: Limbadamanmi yoki haqiqiy hayotda? Farzandlarim chinakam odamlarmi? Gap mana shu miyani og‘ritadigan savollar to‘xtaganida. Odam nimadandir sarmast bo‘lgan payt hushyorlikni yo‘qotadi, lekin Nolan aynan buni emas, maqsadiga erishgan va u maqsad haqiqiy yoki haqiqiy emasligini tekshirib o‘tirishga vaqt sarflashni istamagan shunchaki, ishonadigan odamning xotirjam qiyofasini berishni niyat qilgan. Doimgidek, uddalagan ham.

    Agar Nolan bir yoqlamali xulosa berib qo‘yganida, shuncha g‘oya bir pul bo‘lardi. Kino oxiri savol bilan tugagani eng yaxshi yechim bo‘lgan. U finalni barcha tomoshabinlar uchun ochiq qoldirdi: hamma savolning javobini o‘zicha sharhlashi mumkin.

    E’tiborga molik taxminlar ham yo‘q emas. Masalan, Kobbni tush ichida qo‘lida uzuk taqilgan holatda ko‘ramiz, real hayotda esa unday emas. Tushda Kobb otasi bilan sira ham duch kelmaydi. Finalda Kobbning qo‘lida uzuk bo‘lmaydi va u otasi bilan uchrashadi. Lekin bu ham aniq isbotlanmagan havaskorona tahlil.

    Piyola tagidagi nimpiyola

    Nega kosa emas, chunki bu tahlilcha kosa hajmidagidek tagma’noga ega emas.

    Endi biz “muqaddima”ning ko’plab muxlislari ko‘ngli to‘lmasligiga ignadek nimadir xalaqit berayotgani va rejissorlar aniq ishora qilgan, biroq biz ko‘z yumib ketgan narsalarga e’tibor qaratamiz: sodir bo’layotgan hamma narsa o‘zi aslida ishora edi.

    Oxirgi gapni anglamaganlar uchun “uch o‘lchamli” qilib tushuntiraman: kino ichida kino olingan. Bu metafora yoki ushbu kino ulug‘lash uchun ishlatilgan sifat emas, Nolanning antiqa miyasida yillar davomida pishitilgan puxta rejasi.

    Gap shundaki, o‘z intervyularida Kristofer Nolan qahramonlarning suratga olish guruhi qiyosida tasvirlanganini aytib o‘tgan. Bunda:

    Kobb — kino direktori,

    Artur — prodyuser,

    Ariadna — dizayner,

    Ims — aktyor,

    Saito — studiya,

    Fisher — tomoshabinlar.

    “Men muxlislarga kino ichida kino olish haqidagi filmni taqdim etmoqchi bo‘lganman”, deydi Nolan.

    Chindan shunday. Mana, bosh qahramonni olaylik: Kobb. Kim u? Tushlar bo‘yicha ekspert, baxtsiz ota, qidiruvdagi jinoyatchi va shu kinoning, ya’ni “Muqaddima” ichidagi kino direktori. Artur yordamchilari bo‘lmagan professional prodyuser. Ariadna dekoratsiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi yosh dizayner qiz.

    U tushdagi binolar arxitekturasi bilan shug'ullanadi. Aslida esa Ariadna syujet rivojlanadigan yo‘lni ochadi. Uni ssenariy muallifi desak ham bo‘ladi.

     Saito esa mening nazarimda, studiyadan ham ko‘proq o‘sha kinoning suratga olinishida jaraq-jaraq pullarini sarflaganini oshkora bildirishni xush ko‘radigan homiy. Robert esa voqealarga berilib ketgan, aynan aldanish uchun, chalg‘ish uchun kelgan tomoshabinlarning xursand qiyofalari timsoli. Darvoqe, Yusuf ham bor. U maxsus effektlar bilan shug‘ullanadi.

    Shu bilan birga, sujet, aktyorlik mahorati, maxsus vizual effektlar, dialoglar sousi ostida tomoshabinning miyasini achitib tashlash g‘oyasi Kobb va uning kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Demak, shartli ravishda, sarlavha Nolanga, ichidagi adrenalinga boy hodisalar Kobbga tegishli.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    Kinodan iqtiboslar:

    Kobb: “Eng chidamli parazit qaysi? Bakteriya? Virus? Yoki ichak qurti? Bu fikr. U miyaga kirdimi, tamom — uni xotiradan o‘chirib yuborish deyarli imkonsiz. To‘lig‘icha tushunilgan va o‘ylashga majbur qilgan fikr — seni hech qachon tark etmaydi.”

    Saito va Artur:

    “S: Agar sen kimningdir fikrini o‘g‘irlay olsang, nega unda o‘sha miyaga fikr joylay olmaysan?

    A: Xo‘p, hozir sening miyangga fikr joylayman. Agar fillar haqida o‘ylama desam, sen nima haqida o‘ylaysan?

    S: Fillar haqida.”

    Kobb: “Biz uyg‘oqligimizda miyaning faqat bir qisminigina ishlata olishga qobiliyatimiz bor, lekin uni to‘lig‘icha ishlata olmaymiz. Uyquda bo‘lganimizda esa biz deyarli har narsa qilishga qodirmiz.”

    Reallikning bosh qoidasi — o‘z illyuziyalaring ichida adashib qolmaslik.

    Qiziqarli faktlar

    — Filmda qahramonlarning tushidan uyg‘onishi uchun qo‘yilgan Edit Piafning “Non, je ne regrette” qo‘shig‘i ilk bor namoyish etilganida 2 daqiqa 28 soniyani tashkil qilgan. Kino davomiyligini 2 soat 28 daqiqa qilish esa ushbu qo‘shiqqa yashirin ishora hisoblanadi.

    — “Kobb” (Khwab) sanskrit, hindi, urdu hamda panjob tilida “orzu” degan ma’noni bildiradi. Kinoda Kobb uyga qaytishni orzu qilgan. Kinodagi barcha qahramonlarning ismlaridagi bosh harflarni yig‘sak, ajoyib so‘z hosil bo‘ladi: Dominik (D), Robert (R), Eames (E), Arthur/Ariadne (A), Mal (M), Saito (S) — DREAMS, ya’ni “tushlar” demakdir.

    — Nolan ushbu kinoni, aslida, 2001-yilda suratga olishni rejalashtirgan. Biroq hali vaqti kelmaganini anglab yetadi: bunday katta masshtabdagi kino uchun juda ko‘p pul talab etilardi. Nihoyat, “Betmen. Qora ritsar” trilogiyasining ikkinchi qismi aqlbovar qilmas muvaffaqiyat qozonib, kassada million-million pul yig‘gach, “Muqaddima”ga rasman start beriladi.

    — Film davomida Ariadna ismi e’tiborimni tortdi va shu ismga doir ma’lumotlarni izladim. Agar siz yunon mifologiyasidan ozgina xabardor bo‘lsangiz, unda Arianda Minosning qizi ekanligi siz uchun yangilik emas. Yunon mifologiyasida Arianda Minotavrni topish uchun yo‘lga chiqqan Teseyaga ulkan labirintdan o‘tishga ko‘maklashadi. Xuddi shu ko‘makni kinodagi Ariadna Kobbga zamonaviyroq usulda taqdim etadi. Qoyil. Nolan filmidagi har bir ism uchun necha yuzlab kitoblarni varaqlab chiqqan ekan?!

    Azizbek Yusupov

    27.06.2023, 22:33   Izoh (0)   13421
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Men o‘limdan qo‘rqmayman, men bir keksa fizikman. Men vaqtdan qo‘rqaman…” — “Interstellar” filmi haqida

    31.05.2023, 23:05

    “Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida

    07.06.2023, 20:33

    “Ba’zida azaliy orzusiga erishish harakatida odam maxluqqa aylanadi...” — Nolanga “afsungar” maqomini olib kelgan “Prestij” filmi haqida

    17.06.2023, 23:30

    “O‘zim ishtirok etgan kadrlarni ko‘rolmayman”: O‘ynagan rollaridan qattiq afsuslangan aktyor va aktrisalar (foto)

    26.06.2023, 14:42

    “Sevgi iztirobi” serialidagi Amir — Kaan Urganjio‘g‘lu uylandi (foto)

    26.06.2023, 09:56

    Mashhur filmlardagi ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolgan qiziqarli detallar (foto)

    23.06.2023, 19:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40

    Eron yadroviy obyektlari AQSH hujumidan oldin evakuatsiya qilingan — OAV

    Dunyo | 22 iyun, 13:07

    Ukraina tez orada qurol eksportini yo‘lga qo‘yadi

    Dunyo | 22 iyun, 12:54

    O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 12:20

    Tramp Eronga hujum sabab impichment bilan yuzlashishi mumkin

    Dunyo | 22 iyun, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.