Akamurod Uzoqovga Shahrisabz shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 27-oktyabr kuni Shahrisabz shahar hokimligida o‘tkazilgan apparat yig‘ilishida shahar hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Akamurod Uzoqovga shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.
Shahrisabz shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Akrom Sulaymonov 26-oktyabr kuni Dehqonobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangandi. Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov viloyatning Qarshi tumani rahbari sifatida ish boshlagandi.
Izoh (0)