Daryo

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlandi

Bunga qadar O‘zbekistonning Avstriyadagi va o‘rindoshlik asosida Vengriyadagi elchisi bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish13 068 ko‘rishlar0 izoh0

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Foto: X / Abad Fayzullayev

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov diplomatik missiyasini yakunlayotgani haqida xabar berilgan edi. Uning o‘rnini O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi va o‘rindoshlik asosida Vengriyadagi elchisi bo‘lgan Abat Fayzullayev egalladi.

U bir vaqtning o‘zida mamlakatning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda BMTning Vena shahridagi tashkilotlari huzuridagi doimiy vakili bo‘lgan.

Abat Fayzullayev (40 yosh) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha tahsil olgan (2000–2007). 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sirtqi bo‘limini Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U Tashqi ishlar vazirligida va O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan. 2020-yilning avgustida O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi tayinlangan edi. O‘sha yilning may oyida o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Vengriyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlangandi. Undan avval tashqi ishlar vaziri vazirning yordamchisi – Tashqi ishlar vazirligining tashkiliy va nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar