HAMASning Isroilga qarshi hujumlari Falastinda begunoh odamlarning o‘ldirilishini oqlay olmaydi, dedi Braziliya prezidenti Luiz Inasiu da Silva.
“HAMAS Isroilga qarshi terakt uyushtirgani uchun Isroil millionlab begunoh odamlarni o‘ldirmasligi kerak. Odamlar hayotiga nisbatan befarq bo‘lishimiz mumkin emas. Agar BMTning kuchi bo‘lsa, u mojaroni to‘xtatishga ko‘proq aralashishi mumkin edi, AQSH ham ko‘proq ishtirok etishi mumkin edi.
Lekin odamlar buni xohlashmaydi. Odamlar urushni xohlaydi, odamlar nafratni qo‘zg‘atmoqchi, odamlar nafratni rag‘batlantirmoqchi, men buni tushunmayapman”, — dedi siyosatchi Metropoles tomonidan efirga uzatilgan “Prezident bilan suhbat” dasturida.
Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Falastinning HAMAS harakati jangchilarining 7-oktyabr kuni Isroilga hujumini so‘zsiz qoralashini aytdi, biroq bu besabab sodir bo‘lmaganini unutmaslikka chaqirgandi.
Izoh (0)