BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning fikricha, Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatishning yagona yo‘li Isroil va Falastin davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik konsepsiyasidir.
“Og‘ir va to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf tug‘dirayotgan hozirgi paytda ham biz chinakam tinchlik va barqarorlikning yagona real asosi – ikki davlat mavjudligini tan olish ekanini unutmasligimiz kerak”, — dedi u BMT Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat bo‘yicha ochiq debatida.
“Isroilliklar o‘zlarining qonuniy xavfsizlik ehtiyojlari amalga oshishini, falastinliklar esa BMT rezolyutsiyalari, xalqaro huquq va oldingi kelishuvlarga muvofiq mustaqil davlatga bo‘lgan qonuniy intilishlari amalga oshishini ko‘rishlari kerak”, — deya qo‘shimcha qildi BMT bosh kotibi.
Guterrish dezinformatsiyaga qarshi kurash muhimligini ham ta’kidladi. “Biz antisemitizm, musulmonlarga qarshi mutaassiblik va nafratning barcha shakllariga qarshi turishimiz kerak”, — dedi u.
Izoh (0)