Isroil harbiylari G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya o‘tkazishga tayyor, uni boshlash vaqti mamlakat siyosiy rahbariyatining qaroriga bog‘liq. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Gertsi Halevi ma’lum qilgan.
“Men aniq aytmoqchiman: Isroil armiyasi G‘azoda manyovr qilishga tayyor va biz siyosiy rahbariyat bilan birgalikda keyingi qadamning muddati bo‘yicha qaror qabul qilamiz”, — dedi Halevi.
Isroil armiyasining janubiy qo‘mondonligi joylashtiriladigan joyga tashrif buyurgan Bosh shtab boshlig‘i ushbu qo‘mondonlik va umuman armiya rahbariyati “ushbu urush maqsadlariga erishish uchun yuqori sifatli hujum rejalarini tayyorlaganini” ta’kidladi.
Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati yuz minglab amerikalik fuqarolarni Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilishga tayyorlanayotgani xabar berilgandi. Isroil mudofaa kuchlari Falastinning HAMAS harakati jangchilarini yo‘q qilish uchun G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyani o‘tkazishga tayyorlanayotgani haqida e’lon qilinganidan keyin evakuatsiya qilish zarurati keskin oshgani ta’kidlangan.
Izoh (0)