Kanadaning Ontario shtatidagi Sault-Ste-Mari shahrida yuz bergan otishmada besh kishi, jumladan, 6, 7 va 12 yoshli uch bola halok bo‘ldi, yana bir bola yaralandi. Bu haqda CTV telekanali xabar berdi.
Voqea 23-oktyabr dushanba kuni tunda turar joy binolaridan birida sodir bo‘lgan. Politsiyaning fikricha, otishma maishiy janjal ortidan boshlangan. Jinoyatchi 44 yoshli erkak bo‘lib, 5 nafar insonni o‘ldirgandan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.
Halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning shaxsi hozircha oshkor etilmayapti.
Izoh (0)