Falastin harakati HAMAS arab va islom davlatlarini Isroil elchilarini chiqarib yuborishga va bu davlat bilan munosabatlarni normallashtirishning barcha shakllarini to‘xtatishga chaqirdi, deyiladi harakatning Telegram’dagi xabarida.
“Bosqinchi maʼmuriyat tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va u olib borayotgan genotsid urushi nuqtai nazaridan biz arab va islom davlatlarini bosqinchilar bilan aloqalarni uzishga, ularning elchilarini o‘z mamlakatlaridan chiqarib yuborishga chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, HAMAS Arab davlatlari ligasiga aʼzo barcha davlatlar va Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tomonidan Isroilga nisbatan boykotni kuchaytirishga chaqirdi.
Harakat, shuningdek, BMT, arab va musulmon davlatlarini “bosqinchi kuchlarning tajovuzkorligi va kuchayib borayotgan jinoyatlarini, jumladan, begunoh bolalar va tinch aholini qirg‘in qilishni to‘xtatish uchun samarali va tezkor choralar ko‘rish orqali siyosiy va axloqiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga" chaqirdi.
“Bu barcha xalqaro normalar va qonunlarni buzmoqda”, — deyiladi HAMAS xabarida.
Izoh (0)