AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ma’muri Samanta Pauer 23—24-oktyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u mintaqaviy aloqalar bo‘yicha C5+1 formatidagi birinchi vazirlar konferensiyasini o‘tkazadi hamda “AQSH hukumatining mintaqa davlatlarining mustaqilligi, suvereniteti va farovonligiga sodiqligini tasdiqlaydi.
2015-yildan buyon C5+1 muloqoti AQSH hukumatining Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun asosiy diplomatik platformasi bo‘lib kelmoqda.
Taraqqiyot masalalari bo‘yicha vazirlar uchrashuvi mintaqaviy o‘zaro aloqalar, savdo, iqtisodiy o‘sish va tadbirkorlik, iqlimiy va energetik yechimlar, shuningdek, yoshlar uchun imkoniyatlarga urg‘u qaratgan holda Markaziy Osiyoda inklyuziv, barqaror iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish uchun barcha beshta davlat vazirlarini to‘plab, ushbu platformani mustahkamlaydi.
Izoh (0)