Muxtor Muhitdinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Polkovnik Muxtor Muhitdinov 2023-yilning may oyida favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Muxtor Muhitdinov 2020-yilning noyabrida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. U 1973-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004-yilda O‘zbekiston strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Muxtor Muhitdinov poytaxt hokimi o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.
Avvalroq Andijon va Namangan viloyatlari FVBga yangi boshliqlar tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)