Ukraina 17-oktyabr kuni birinchi marta Amerikaning uzoq masofaga uchadigan ATACMS raketalari bilan Rossiya nishonlariga zarba berdi, deb yozadi Politico gazetasi.
“Ukraina qo‘shinlari birinchi marta AQSH tomonidan yashirin ravishda yetkazib berilgan uzoq masofaga uchadigan raketalardan Rossiyaga zarba berishda foydalandi”, — deb yozadi nashr.
17-oktyabr kuni ertalab Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenko ATACMS raketalari allaqachon Ukrainada ekanligini, ular Zaporojye viloyatining Berdyansk shahriga hujumda ishlatilganini aytdi.
Bundan avval Rossiyaning rasmiylari tunda Berdyanskda havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushirilgani va qator portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Wall Street Journal AQSH so‘nggi kunlarda bu uzoq masofaga uchadigan raketalarni Kiyevga yashirincha o‘tkazgani haqida yozgan edi. Qayd etilishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati o‘z fikrini o‘zgartirib, Ukrainaning faol bo‘lmagan qarshi hujumi fonida Kiyevga ATACMS raketalarini yetkazib berishga qaror qilgan.
Izoh (0)