Niderlandiya hukumati G‘azo sektoriga 10 million yevro miqdorida qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi, deb xabar berdi ANP axborot agentligi Niderlandiya savdo va rivojlanish vaziri Lishe Shraynemaxer so‘zlariga tayanib.
Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, mablag‘lar, jumladan, BMT va Qizil Xoch tashkilotlari orqali yuboriladi.
Vazirning aytishicha, bu pullar dori-darmonlar, oziq-ovqat va suv sotib olishga mo‘ljallangan.
Shu bilan birga, u G‘azo sektoridagi muhtojlarga yordam yetkazish qiyin vazifa ekanligini va mintaqadagi vaziyat “jiddiy tashvishga solayotganini” tan oldi.
Niderlandiya hukumati Misr orqali yordam yetkazib berish uchun gumanitar koridor ochish tarafdori, — dedi Shraynemaxer.
Izoh (0)