Parij chekkasidagi Versal saroyi shubhali qo‘ng‘iroq tufayli yana evakuatsiya qilindi. Bu haqda “TASS” xabar qildi.
“Xavfsizlik maqsadida Versal saroyi evakuatsiya qilindi”, deyiladi muzeyning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
BFMTV telekanali taʼkidlaganidek, muzeyga portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar yuborilgan.
14-oktyabr kuni ham xuddi shunday sabab bilan Versal saroyida evakuatsiya e’lon qilingandi.
Arras kommunasidagi ta’lim muassasasida odamlarga qilingan qurolli hujumdan so‘ng Fransiyada terrorchilik tahdidining maksimal darajasi joriy qilingan.
13-oktyabr kuni Fransiya shimolidagi Arras shahrida pichoq bilan qurollangan noma’lum shaxs litseyga bostirib kirib, o‘qituvchini pichoqlab o‘ldirdi, yana bir necha kishini yaraladi.
Politsiya hujum qilgan shaxsni tez orada qo‘lga oldi. Fransiya OAVning yozishicha, u 20 yoshli chechenistonlik bo‘lib chiqdi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)