Tailandning Bangkok shahrida 15-oktabr kuni Osiyo boks konfederatsiyasining navbatdagi tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu Kongressda kun tartibi bo‘yicha Osiyo boksi atrofidagi turli masalalar ko‘rib chiqilishi bilan birgalikda, 2022-yilda Osiyo mintaqasida bo‘lib o‘tgan barcha musobaqalar hisobotlari taqdim etildi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi o‘tgan 2022-yil hisobidan medallar jamg‘arish bo‘yicha Osiyo qit’asining “Yil federatsiyasi” deya tan olindi va Osiyo boks konfederatsiyasi tomonidan maxsus mukofoti topshirildi.
Ushbu mukofotni O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Babayev qabul qilib oldi.
Izoh (0)