“Real” Karim Benzema uchun xayrlashuv o‘yini tashkil qilmoqchi.
Benzema 2023-yil yozida madridliklar safini tark etib, “Al-Ittihod” safiga o‘tdi. Fransuz “qaymoqranglilar” safida 14 yil davomida to‘p surgan.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, “Real” Benzemaga hurmat yuzasidan “Santyago Bernabeu”da “Al-Ittihod” bilan o‘rtoqlik o‘yini tashkillashtirmoqchi.
Hujumchi Madrid klubi rahbariyati va sobiq jamoadoshlari bilan iliq munosabatni saqlab qolgan. Biroq, Karim kelajakda Yevropa futboliga qaytmoqchi emas.
Benzema “Real” safida 25 ta sovrin qo‘lga kiritgan. 2022-yilda “Oltin to‘p”ga ham ega chiqqan.
Fransiyalik hujumchi 353 ta gol bilan “qaymoqranglilar” tarixida Ronaldudan keyin eng yaxshi ikkinchi to‘purarga aylangan.
35 yoshli futbolchi Saudiya chempionatida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)