Amerikaning “Inter Mayami” noyabr oyida Xitoyga yo‘l oladi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti ma’lum qildi.
Lionel Messi to‘p surayotgan jamoa Xitoy Superligasining ikki vakili — “Sindao Xaynyu” va “Chendu Tyanchen” klublari bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Qayd etib o‘tish joiz, bu “Inter Mayami” o‘z tarixida ilk bor xalqaro turda ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Inter Mayami” MLS pley-offiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Shu tariqa jamoa 21-oktabrdan (so‘nggi o‘yin “Sharlott”ga qarshi bo‘lib o‘tadi) fevral oyi oxiriga qadar (yangi mavsum boshlanadi) rasmiy o‘yinlar o‘tkazmaydi.
Izoh (0)