HAMAS harakatining harbiy qanoti bo‘lgan “Al-Qassam” brigadasi Isroilning Sderot shahriga 90 ta raketa uchirdi.
Bu haqda HAMASning bayonotida aytib o‘tildi.
“Al-Qassam” brigadalari “Al-Aqsa to‘foni” operatsiyasi doirasida Sderot shahriga 90 ta raketa bilan hujum uyushtirdi, — deyiladi bayonotda.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat janubiy viloyatlari rahbarlari bilan muzokaralar chog‘ida HAMASga javob zarbasi Yaqin Sharq qiyofasini o‘zgartirib yuborishini aytib o‘tgandi.
Izoh (0)