• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroil G‘azoga hujumni davom ettirdi, HAMAS Ashkelonga zarba berdi — so‘nggi ma’lumotlar

    HAMAS kuchlari va Isroil armiyasi o‘rtasida 7-oktyabr kuni ertalab boshlangan janglar uchinchi kun ham davom etmoqda. The Times of Israel nashri Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmatiga tayanib, G‘azo sektori bilan chegaradagi kamida oltita shahar va hududlarda janglar ketayotgani haqida xabar berdi. Isroil tomoni HAMASning 400 dan ortiq jangchisini o‘ldirganini da’vo qilmoqda. Isroil armiyasidagi yo‘qotishlar oshkor qilinmagan.

    G‘azoda Isroil hujumining oqibatlari
    Foto: AFP

    9-oktyabrga o‘tar kechasi Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoriga zarba berishda davom etdi – HAMAS va “Islomiy jihod”ning 500 dan ortiq obyektlariga, jumladan, sakkizta qo‘mondonlik markaziga hujum qilindi, dedi Isroil harbiylari. Shuningdek, ular HAMASning yuqori martabali aʼzosini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgani aytildi, ammo tafsilotlar ochiqlanmadi.

    HAMAS Isroilning Ashkelon shahriga ommaviy raketa hujumi uyushtirganini ma’lum qildi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS Ashkelonga 100 ga yaqin raketa otganini aytmoqda. OAV yozishicha, hujum uch qavatli binoga zarar yetkazgan, qurbonlar bor. HAMAS Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroporti tomonga ham raketa otgan.

    Isroil mudofaa kuchlari vakili Daniel Xagarining aytishicha, “Isroil armiyasi HAMAS egallab olgan barcha hududlarni o‘z nazoratiga qaytardi”. Armiya yuz minglab zahiradagi askarlarni urushga jalb qilmoqda. Shu bilan birga, Haaretz nashrining yozishicha, xalqaro aviakompaniyalarning Isroilga parvozlarni to‘xtatish qarori tufayli xorijdagi ko‘plab zahiradagi askarlar charter reyslarida mamlakatga qaytishni tashkil qilish uchun WhatsApp guruhlarini yaratgan, boshqalari esa Isroilning El Al aviakompaniyasi bilan muzokaralar olib borishga urinmoqda. Keyinroq Isroil armiyasi 48 soat ichida 300 ming zahiradagi askarni safarbar qilgani aytildi.

    Isroil 48 soat ichida G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyani boshlashi mumkin, deb yozadi The Washington Post Amerika rasmiylariga tayanib. Nashr xabariga ko‘ra, Isroil AQSHdan Livan haqida, u yerda faoliyat yuritayotgan “Hizbulloh” va boshqa guruhlar bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini ham so‘ragan.

    9-oktyabr kuni ertalabki holatga ko‘ra, hujumlarda Isroilda 700 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 2 382 kishi yaralangan. Isroil janubidagi G‘azo sektori bilan chegaradosh Kibbuts Reim hududidan musiqa festivaliga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lgan kamida 260 kishining jasadi topilgan. Reimda halok bo‘lganlar umumiy statistikaga kiritilganmi yoki yo‘q, hozircha noma’lum.

    Al-Jazeera telekanali Falastin sog‘liqni saqlash idoralari vakillariga tayanib, harbiy harakatlar boshlanganidan buyon G‘azo sektorida 493 kishi halok bo‘lgani, 2750 dan ortiq falastinlik yaralangani haqida xabar berdi.

    HAMAS 130 dan ortiq odamni garovda ushlab turganini ma’lum qildi. 8-oktyabr kuni kechqurun harakat vakili Muso Abu Marzuk HAMAS Isroilga hujum paytida 100 dan ortiq odamni garovga olganini aytdi.  Falastinning “Islom jihodi” guruhi rahbari Ziyod an-Nahala esa o‘z jangchilari 30 ga yaqin isroillikni asirga olganini aytdi. U garovga olinganlar orasida boshqa mamlakat fuqarolari bo‘lsa, ular falastinlik mahbuslar Isroil qamoqxonasidan ozod etilganidan keyingina uyga qaytishini ta’kidladi.

    8-oktyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi HAMASning Isroilga hujumi munosabati bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Yopiq yig‘ilishdan so‘ng Xavfsizlik kengashi hech qanday bayonot qabul qilmadi, chunki kengash a’zolarining hammasi ham HAMAS’ning Isroilga hujumini qoralamagan, deb yozadi CNN.

    09.10.2023, 14:17   Izoh (0)   16235
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaqin Sharqda yana urush: HAMAS va Isroil armiyasi to‘qnashuvi haqida so‘nggi ma’lumotlar

    07.10.2023, 21:16

    “Qonuniy mudofaa”: Eron prezidenti HAMASning Isroilga hujumini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

    08.10.2023, 22:32

    BAA HAMAS’ning Isroilga hujumi va odamlar garovga olinganini qoraladi

    09.10.2023, 12:24

    Eron HAMASning Isroilga qilgan hujumlarida qo‘li borligini rad etdi

    09.10.2023, 10:47

    Hindistonda toshqin qurbonlari soni 77 kishiga yetdi

    09.10.2023, 10:07

    Isroil hujumlari tufayli G‘azo sektorida 123 mingdan ortiq falastinlik o‘z uyini tark etdi

    09.10.2023, 08:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    O‘zbekistonda 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:20

    Xitoyda osma ko‘prik uzilib, odamlar daryoga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 8 avgust, 08:55

    Qozog‘iston bir necha oydan so‘ng AZAL samolyoti halokati haqida hisobot tayyorlaydi

    Dunyo | 8 avgust, 08:42

    Isroil Livanga raketalar uchirdi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 8 avgust, 08:37

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.