Misr Isroil va Falastin o‘rtasida asirlarni almashish uchun vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusi bilan chiqdi. Endilikda har ikki tomonning javobi kutilmoqda. Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, taklif “almashinuv tugaguniga qadar vaqtinchalik sulh” joriy etishni nazarda tutadi.
Avvalroq Misrning Sada El Balad axborot portali Falastinning HAMAS harakati Isroilda o‘tkazilgan operatsiya davomida qo‘lga olingan asirlarning bir qismini Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik ayollarga almashtirish niyatida ekani haqida xabar bergan edi.
Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari HAMASning Isroilga hujumini va odamlar garovga olinganini qoralab chiqqandi.
“BAA TIV Isroilning tinch aholisi o‘z uylaridan garovga olingani haqidagi xabarlardan hayratda. Tinch aholi vakillari hamisha xalqaro gumanitar qonunlarga muvofiq to‘liq himoyaga ega bo‘lishi va hech qachon mojaro obyektiga aylanmasligi kerak”, deyilgandi bayonotda.
Izoh (0)