Kamerun poytaxti Yaunde shahrida to‘g‘on buzilishi oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, uzoq davom etgan kuchli yomg‘ir natijasida ko‘llardan biridagi to‘g‘on suv bosimiga bardosh bera olmadi. Kuchli suv oqimi 30 ga yaqin uyning vayron bo‘lishiga olib kelgan.
O‘z navbatida, Journal du Cameroun gazetasi poytaxtning Mbankolo kvartali to‘g‘on yorilishidan zarar ko‘rganini xabar qilmoqda.
Hodisa oqibatida 23 nafar inson halok bo‘lgan, shuningdek, bedarak yo‘qolganlar ham ko‘pligi aytilmoqda. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etyapti.
Izoh (0)