Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat janubiy viloyatlari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular bilan suhbatda u Falastinning HAMAS harakatiga harbiy javob “Yaqin Sharq qiyofasini o‘zgartirishi”ni aytdi.
“Sizlarga yordam berish uchun Isroil davlati barcha choralarni ishga soladi. Men sizdan qat’iy turishingizni so‘rayman, chunki biz Yaqin Sharq qiyofasini o‘zgartirmoqchimiz”, — deya Benyamin Netanyaxu so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Srugim” portali.
“HAMAS boshidan kechirishi kerak bo‘lgan vaziyat qiyin va dahshatli bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Bosh vazir, shuningdek, Isroilda harbiy kampaniya avjida ekani va oldinda og‘ir kunlar turganini ta’kidladi.
Izoh (0)