Ayni paytda Janubiy Karolina gubernatori sifatida faoliyat yuritayotgan, respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lgan Nikki Xeyli HAMAS guruhining Isroilga hujumiga munosabat bildirar ekan, ularni yo‘q qilib tashlash kerakligini ta’kidladi.
“Bu faqatgina Isroilga emas, Amerikaga ham qilingan hujumdir. Ularni yo‘q qilib tashlang, Netanyaxu! Amalga oshirgan ishlari uchun ularga do‘zax azobini ko‘rsatish kerak”, — deb yozdi Nikki Xeyli X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Bunga javoban xitoylik jurnalist Hu Sijin bunday chaqiriqlar qilayotgan odam qanday qilib AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan.
“Ularni yo‘q qilib tashlash” nimani anglatadi? Ko‘pgina davlatlar keskinlikning kuchayishiga chek qo‘yishni talab qilayotgan bir paytda, Nikki Xeyli yangi qotilliklarni amalga oshirishga undamoqda. Va shunday odam AQSH prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi, — deb yozdi u.
Nikki Xeyli esa “Kommunistik Xitoy tashviqot mashinasi HAMAS terrorchilari tarafida bo‘layotgani ajablanarli emasligi, bunday odamlar tomonidan tanqid qilinish sharaf belgisi ekanini” ta’kidlagan.
Izoh (0)