“Mehridaryo” loyihasiga Namangan viloyati, Norin tumanida yoshovchi Feruza Idrisova murojaat qilib, bemor farzandlarini davolatish uchun xalqdan yordam so‘radi.
— To‘rt farzandim bilan ijara uyda yashaymiz. Turmush o‘rtog‘im suvchi, topgani arang ro‘zg‘orga yetadi. O‘g‘lim Mirziyo Ahmadjonov buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekadi. Uchinchi farzandim Robiya Ahmadjonova esa yuz-jag‘ o‘simtasi bilan dunyoga kelgan. Yelka, bo‘yni va halqumida o‘simta aniqlangan. Qizim ikki marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan. Ularni qayta ko‘rikka olib kelishim kerak. Hatto Toshkentga kelib, tekshiruvlardan o‘tishga ham mablag‘imiz yo‘q.
Farzandlarim sog‘ayib, barcha bolalar singari maktabga borishini orzu qilaman. Biz yashayotgan hudud shahardan ancha chekka, bu yerlarda pul topish ham oson emas. Ilgari dala ishlariga chiqardim, bemor bolalarim bo‘lgani uchun ishlolmayapman. Ikki farzandimga nafaqa puli olamiz, ammo u dorilariga ham yetmaydi, — deydi bemorlarning onasi Feruza Idrisova.
Robiya va Mirziyo Ahmadjonovlarga xayriya qilishni istasangiz,
8600 0609 0204 2630 (Idrisova Feruza)
Murojaat uchun: +998 90 215-62-63
Izoh (0)